O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat vakilligida shahar va tuman bosh imom-xatiblarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi binosida bugun 23 sentyabr' kuni shahar va tuman bosh imom-xatiblari bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Dastavval Qur'oni Karim oyatlaridan tilovat qilinib, so‘ng Samarqand shahar (bosh imom-xatibi) vazifasida qisqa yillar davomida asrlarga tatigulik xizmatlarni amalga oshirib, bu sinovli dunyoni tark etgan marhum Nuriddinxon domla Islamov rohimahulloh haqlariga Alloh taolodan rahmat va yaxshiliklar so‘rab duolar qilindi.

Yig‘ilishni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov olib bordi va quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: Karantin qoidalariga qat'iy amal qilish, imom-xatiblar karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatlarini yanada jonlantirish, OAV larida dolzarb va mazmunli maqola, video va audio chiqishlarni ko‘paytirsh va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bosh imom-xatiblar berilgan topshiriqlarni o‘zlari uchun belgilab oldilar va joylardagi imom-xatiblarga yetkazishni zimmalariga oldilar.


 O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati 


Kiritilgan vaqti: 23/09/2020 16:29;   Ko‘rilganligi: 764
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-vakilligida-shahar-va-tuman-bosh-imom-xatiblarining-yigilishi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/05/2024 23:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing