Axborot xizmati

SAMARQANDDA MASJIDLAR SONI BITTAGA KO‘PAYDI!

O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Samarqand  viloyatida shu kunga qadar 285 ta jome masjid o‘z faoliyatini olib bormoqda edi.  Endilikda Samarqand shahrida “Yangiobod” jome masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Samarqandda  masjidlar soni 286 taga yetdi.

 

O‘n bir asrga teng ziyoratgoh yangilanmoqda, undagi masjid esa 7000 namozxonni o‘z bag‘riga sig‘diradi

Samarqand shahridagi ko‘plab muqaddas qadamjolar orasida “Xo‘ja Abdu Darun” majmuasi alohida o‘rin tutadi. Tahminan VIII– IX asrlarda yashab o‘tgan, mutasavvuf olim, adolatli qozi, diniy va dunyoviy ilmlar egasi bo‘lgan Xo‘ja Abdu Darun hazratlarining hoki poylari yotgan ushbu dargoh XII asrdan beri saqlanib keladi.

 

ONLAYN HADIS SHARHI BOSHLANDI, SOVG‘A EGASINI KUTMOQDA!

Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent Islom instituti ustozi Jaloliddin domla Hamroqulovning onlayn hadis sharhi suhbatlari boshlandi.

 

Yuksak qalb sohibi edi

O‘lim haq, ammo, yoningizda ko‘p yillar davomida birga xizmat qilib, umrguzaronlik qilib yurgan inson olamdan o‘tsa , juda achchiq va qayg‘uli bo‘lar ekan. Elimiz, yurtimiz zabardast va fidoiy bir farzandidan ayrildi. Uzoq yillar el-yurt xizmatida bo‘lgan, o‘zining ilmiy salohiyati bilan barchalarimizga ziyo taratib, diniy soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan  muhtaram domlamiz Xayrullo hoji Turmatovni beshafqat o‘lim oramizdan olib ketdi.

 

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, fidoiy inson Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.

 

KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN!

Qadimdan xalqimiz ilmni va uning sohibini qadrlab kelgan. Ilm ahlini e'zozlagan. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining hayotini, tarixini o‘qigan har-bir kishi yaxshi biladiki, Sohibqiron bobomiz o‘z zamonasidagi ahli ilmlarni, ulamo va dindorlarni qattiq hurmat qilgan. Ularga alohida lutf ko‘rsatib, xizmatlarini munosib taqdirlagan. Amir Temur bobomizning shavkati, g‘alabalarining bir sababi ham aynan, din ulamolarining duolari barakotidan desak mubolag‘a bo‘lmas.

 

INTIQIB KUTILGAN LOYIHA: ONLAYN DINIY SAVOL-JAVOB

Mo‘min-musulmonlar istaklari asosida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining shogirdi, Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom inctitutining katta ustozi MUHAMMAD AYYUBXON DOMLA HOMIDOVning onlayn diniy savol-javob dasturi yangi shakl va innovatsion usullar yordamida taqdim etilmoqda.

 

«Qonunchilikda ibodat libosi bo‘yicha qoida bekor qilinmoqda». Adliya vaziri o‘rinbosari yangi qonun loyihasi haqida

Kecha 14 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament quyi palatasi vakiliga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.

 

Xalit EREN: O‘zbekistonning diniy-ma'rifiy sohadagi tashabbuslarini Islom hamkorlik tashkiloti doirasida va xalqaro maydonda to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida barcha sohalarda yuksalishlar ko‘zga tashlanmoqda. Ilm-fan, ta'limni qo‘llab-quvvatlash, diniy sohadagi o‘zgarishlar xorijiy ekspertlarning e'tirofiga sabab bo‘lmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 

Langar ota masjidi haqida eshitganmisiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Qashqadaryo viloyatida tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, qadamjolar talaygina.

 

DIQQAT: Abituriyentlarning ruxsatnoma olish tartibi

?O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga kirish RUXSATNOMASIni @qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali yuklab olishlari mumkin. Buning uchun abituriyent pasport seriyasi raqamini tegishli joyga yozadi va ruxsatnomani oladi.

 

Arzonfurush maqola bilan ommaning e'tiborini jalb qilishdan kimga nima naf?..

Inson bu dunyoda jismonan sog‘lom bo‘lib yashashi uchun suv va havoga qanchalik muhtoj bo‘lsa, ma'nan milliy qadriyatlarga, ma'rifatga shunchalik ehtiyoj sezadi. Bu qadriyatlarning, ma'rifatning ildizi Islom ta'limoti bilan sug‘orilgan bo‘lsa, ikki karra saodatdir! Aksincha bo‘lsa, qashshoqlikdan boshqa narsa emas.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat!

Oilaning muqaddas ekanligi shu dargohda inson nasl-nasabini davomchilari dunyoga kelishidir. Oila so‘zi “Ayol” so‘zidan ishtiqoq qilingan bo‘lib, oila deganda ayol tushuniladi. Demak, ayol muqaddas hisoblanar ekan.

 

Imom noib “Imom Buxoriy hayoti” kitobini tarjima qildi

Yurtimizdan  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy,  Imom Moturidiy kabi jahonga dong‘i ketgan buyuk allomalar yetishib  chiqqan. Ushbu kitobda ulug‘ muhaddis Imom Buxoriy haqida so‘z boradi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing