O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAMARQANDDA MASJIDLAR SONI BITTAGA KO‘PAYDI!

 
 

O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Samarqand  viloyatida shu kunga qadar 285 ta jome masjid o‘z faoliyatini olib bormoqda edi.  Endilikda Samarqand shahrida “Yangiobod” jome masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Samarqandda  masjidlar soni 286 taga yetdi.

Shu kunlarda xalqimizning dilini biroz xira qilgan Korona virus sabab ko‘pchilik qatorida Samarqandliklar ham taskinga, xushxabarga mushtoq edilar. Alloh taoloning inoyati ila 17 sentyabrda Samarqand shahrida “Yangiobod” jome masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida adliya boshqarmasidan guvohnoma taqdim etildi.

30 mingga yaqin aholiga ega Samarqand shahar So‘g‘diyona massivida shu kunga qadar 1 ta masjid faoliyat yuritar edi. U ham bo‘lsa aholining zich joylashgan qatlamida bo‘lib, jamoat namozlarini ado etish uchun namozxonlar bir qancha mashaqqatlarga duch kelmoqda edi. Endilikda “Yangiobod” jome masjidining ochilishi mahalliy namozxonlar uchun ibodatlarini emin-erkinlikda ado etishlarida katta xursandchiliklarni paydo qildi.

Insha Alloh ertaga 18 sentabr muborak juma kuni ilk juma namozi ado etiladi. Yangi masjid muborak bo‘lsin!

 

 

 

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/09/2020 20:20;   Ko‘rilganligi: 2442
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-masjidlar-soni-bittaga-kopaydi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing