O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Madrasalarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinishiga aniqlik kiritildi

 
 

Xabaringiz bor, shu yilning 16-17 sentyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan test sinovlarida ishtirok etdilar.

Shu kunlarda ota-onalar, abituriyentlar va ularning yaqinlari tomonidan madrasalarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinishi borasida juda ko‘p murojaatlar bo‘lmoqda. 

Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan olinganini inobatga olsak, imtihon natijalari ham ushbu markaz tomonidan e'lon qilinadi. Ayni kunlarda imtihon natijalarini tekshirish jarayonlari davom etmoqda.

Madrasalarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinishi to‘g‘risidagi rasmiy xabar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz internet sayti va “Telegram” messenjeridagi https://t.me/muslimuzportal kanalida e'lon qilinadi.

Barcha abituriyentlarga Alloh taolodan omad va zafarlar tilaymiz.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/09/2020 10:47;   Ko‘rilganligi: 746
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/madrasalarga-kirish-imtihonlari-natijalari-qachon-elon-qilinishiga-aniqlik-kiritildi
Chop etilgan vaqti: 20/05/2024 23:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing