Axborot xizmati

Mehrga tashna qalbga bir shirin so‘z ham aziz

Ma'lumki, dinimiz Islom rahmat dinidir. U mehr-muruvvatga, ezgulikka chorlaydi, rahmdillikni tarannum etadi. Ko‘plab oyati karimalar va hadisi shariflarda Allohning bandalariga nisbatan rahmli, marhamatli bo‘lishga targ‘ib etilgan. Agar ushbu dinning jonli timsoli bo‘lmish payg‘ambarimiz Muhammad (alayhissalom)ning siyratlariga, yurish-turishlariga ibrat nazari bilan qaraydigan bo‘lsak, qilgan ishlari va aytgan so‘zlari ustida tafakkur yuritsak, rahmat bu dinning mohiyati ekanligiga amin bo‘lamiz. Alloh taolo ushbu dinni insoniyatga olib kelgan zot haqida bejiz: “Batahqiq, Biz Seni olamlarga faqat rahmat qilib yuborganmiz!” (Anbiyo: 107) deya marhamat qilmagan.

 

Viloyat bosh imom-xatibi olisda joylashgan masjidlarda bo‘ldi

Chegara hudud va markazdan olisda joylashgan masjidlar bilan tanishish maqsadida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Urgut tumanida bo‘ldi. Viloyat bosh imom-xatibi safar davomida “Quyiqishloq” jome masjidida bo‘lib, masjidning bugungi holati, namozxonlar uchun hozirlangan sharoit, qishgi mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Masjid qavmi bilan suhbatlashib, Allohga shukronalik keltirish, yoshlar tarbiyasi, oilalarning mustahkamligi borasida suhbatlashdi.

Shundan so‘ng yangidan bino qilinayotgan “Boybul” masjidiga tashrif buyurib, u joyda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Masjid shaharsozlik me'yorlari va qoidalariga muvofiq zamonaviy loyihaga asosan qurilmoqda. Qurilish ishlari 2017 yil boshlangan. Hozir masjid binosi to‘liq qad rostlagan. Uning tom qismi yopilgan bo‘lib, gumbazlar o‘rnatilgan.

Viloyat bosh imom-xatibiga ushbu safar davomida Urgut tuman bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev hamrohlik qildi.    

 

Viloyat bosh imom xatibi matbuot anjumanida ishtirok etdi

Samarqand viloyat matbuot uyida viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov va viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda D.Mamadqulov viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida, mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada  amalga oshirilayotgan islohatlar,viloyat diniy soha vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga ma'lumot berdi. 

 

Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga kuzatib qo‘yildi

Oldin xabar berganimizdek, Umra safarining yangi mavsumi boshlangan edi. Bugun, 30 noyabr kuni Samarqand viloyatidan 229 nafar ziyoratchilarning ikkinchi bosqich guruhlarini viloyat vakilligida kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, hokimliklarning mas'ul vakillari hamda ziyoratga boruvchilarning yaqinlari ishtirok etdi. Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Umra safarining tartib qoidalari, safar intizomi haqida tushunchalar berib, ziyoratlari maqbul, mabrur va bexatar bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qildi. Ziyoratchilar bugunning o‘zidayoq Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘ylab Saudiya Arabistoniga parvoz qiladilar.

         Ushbu guruhdan oldin Umra safariga ketgan ziyoratchilarimiz muborak Makka shahrida ziyoratlarini ado etmoqdalar. Eslatib o‘tamiz, ular ertaga, 1 dekabr kuni Toshkent shahriga uchib keladilar.   

 

Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida imom-xatiblar ishtiroki

Samarqand tumanidagi “Agromir-Samarkand” qo‘shma korxonasida  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harkati O‘zbekiston – Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand tumani hududidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi.

Ushbu tadbirda Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir Sharipov ham ishtirok etib, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi yo‘lida hamma birdek mas'ulligi haqida o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Yoshlar tarbiyasida beparvolik - kelajakka xiyonat

Samarqand viloyat yuridik kollejida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish hamda ular proflaktikasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamda Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom-xatibi Jahongir Hatamov ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, farzandlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadigan turli zararli ta'sirlardan himoya qilish, bu boradagi beparvolik el-yurtimiz oldida, tarix va kelajak oldida xiyonat ekani, jamiyatimizda illat bo‘lib turgan jinoyatchilik, estremistik, aqidaparast oqimlarga qo‘shilib qolish, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning fojiaviy oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligi haqida gapirib o‘tdilar.

 

Yosh oila quruvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Oiladagi sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, milliy mafkura va dinimizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar oilada bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshirilishini har bir yosh oila boshlig‘i va yoshlarga yetkazishni amalga oshirish va ularni oilaviy hayotga tayyorgarligini yaxshilash maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlari viloyat va tuman imom xatibligi vakillari ishtirokida markazlarda maxsus o‘quv-tarbiyaviy kurs­lar sifatida tuzilgan "Yosh oila maktabi"da nikoh va oila masalalari bo‘yicha zarur saboq berilmoqda.

 

Yoshlar tarbiyasida imom-xatiblar ham mas'ul

O‘zbekiston aholisining 60 foizdan oshig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular har tomonlama barkamol bo‘lishi uchun mamlakatmizda barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.

 

Samarqand viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Unda  Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, “Movarounnahr” nashriyoti bosh muharriri Abdul Jalil Xo‘jam,   viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov hamda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda joylardagi masjidlarning imom-xatiblari ishtirok etdi.

 

Jomboy tuman ishchi guruhi axoli bilan uchrashdi

 Jomboy tumani bosh imom xatibi Nurbek Xidirov Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish  ishchi guruhi bilan Ahmadjon Qurbonov mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Tadbir "Hududlarda Ijtimoiy- ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, kiyinish madaniyati, diniy maraka va marosimlarni o‘tkazishda diniy soha vakillari va mahalla xodimlarining hamkorligi" to‘g‘risida o‘tkazildi.

 

Olis mahalla aholisi bilan uchrashuv

Urgut tumanining chekka hududida joylashgan Jartepa aholisi bilan suhbat qurish, ularning turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Urgut tuman “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi Tursunov Nodir ushbu mahallaga tashrif buyurdi. U joyda aholi va 2-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv va suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida tinchlik va osoyishtalik, ne'matlarning qadriga yetish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga tayyorlash borasidagi muhim jihatlarga e'tibor berish kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Tadbirdan so‘ng “Shayx Muhiddinxon” jome masjidi imom-xatibi N.Tursunov Jartepa mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oila farzandining holidan xabar oldi va unga qishgi kiym sovg‘a qildi.

 

Qayerda bo‘lsang ham Allohga taqvo qil

Bugun dunyo xalqlari Yer kurrasining istalgan nuqtasiga borib, o‘zining iqtidoriga munosib ish topib, mehnatiga yarasha haq olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Jumladan, yurtimiz istiqlolga erishib, jahonga yuz tutgach, vatandoshlarimiz ham dunyoning istalgan mamlakatiga borish, u yerda istiqomat qilish, tijorat qilish va ishlash huquqiga ega bo‘ldilar. Xorijda istiqomat qilayotgan yoki ish, o‘qish maqsadida chet elga ketgan yurtdoshlarimiz dinimiz ta'limotlariga amal qilib, namozlarini mazhabimiz asosida ado etishlari, musofirlikka oid hukmlar, halol-harom masalalarini yaxshi bilishlari zarur. Har xil firqa, oqimlarning aldovlariga uchib, tuzog‘iga ilinib qolmasligi kerak. Buning uchun fuqarolarimizda mazhab, milliylik kabi tushunchalar mujassam bo‘lishi talab etiladi.

 

Islom - ezgulik dini

Samarqand shahar 21- umumta'lim maktabida “Islom - ezgulik dini” mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘quvchi yoshlarga “Qoraboy Oqsaqol” jome masjidi imom-xatibi Bobobek Abdurahimov Qur'oni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislari asosida mavzuni yoritib berdi.

 

Viloyat masjidlaridagi qurilish va ta'mirlash ishlari

So‘ngi vaqtlarda mamlakatimizda yurt ravnaqi, millat kelajagi, din rivoji va xalq farovonligi yo‘lida diqqatga sazovor islohatlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday xayrli ishlardan biri, yurtimiz musulmonlari ibodat qilishlari uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligidir. 

Masjidlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, namozxonlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida Samarqand viloyatining bir qancha masjidlarida keng ko‘lamli qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Qo‘shrabot tumani “Jo‘sh ota”, Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” va Jomboy tumanidagi “Islomobod” masjidlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdi hamda masjidlarning zamonaviy, milliy me'morchilik an'analari asosida ta'mirlash, namozxonlar uchun qulay sharoitlar hozirlash, yong‘in va boshqa xavsizlik choralari bilan ta'minlanishi borasida ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.    

 

Tinchlik, hamjihatlik bor joyda fayzu barka bo‘ladi

Oqdaryo tuman bosh imom-xatibi Habibulloxon Abloqulov tumandagi Qum qishlog‘i aholisi bilan uchrashib, “Tinchlik va hamjihatlik” to‘g‘risida suhbatlashdi. Qishloq aholisini o‘zaro ittifoq, hamjihat bo‘lib yashashga, farzand tarbiyasida mas'uliyatini unutmaslikka chaqirib quyidagilarni gapirib o‘tdi:  

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing