Viloyat masjidlaridagi qurilish va ta'mirlash ishlari
So‘ngi vaqtlarda mamlakatimizda yurt ravnaqi, millat kelajagi, din rivoji va xalq farovonligi yo‘lida diqqatga sazovor islohatlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday xayrli ishlardan biri, yurtimiz musulmonlari ibodat qilishlari uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligidir.
Masjidlarni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, namozxonlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida Samarqand viloyatining bir qancha masjidlarida keng ko‘lamli qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Qo‘shrabot tumani “Jo‘sh ota”, Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” va Jomboy tumanidagi “Islomobod” masjidlarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishdi hamda masjidlarning zamonaviy, milliy me'morchilik an'analari asosida ta'mirlash, namozxonlar uchun qulay sharoitlar hozirlash, yong‘in va boshqa xavsizlik choralari bilan ta'minlanishi borasida ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
Qo‘shrabot tumani “Jo‘sh ota” jome masjidi
Samarqand tumanidagi “Imom A'zam” jome masjidi
Jomboy tumanidagi “Islomobod” jome masji
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 23/11/2019 15:29; Ko‘rilganligi: 1413
Chop etilgan vaqti: 07/02/2025 14:20