Islom - ezgulik dini
Samarqand shahar 21- umumta'lim maktabida “Islom - ezgulik dini” mavzusida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. O‘quvchi yoshlarga “Qoraboy Oqsaqol” jome masjidi imom-xatibi Bobobek Abdurahimov Qur'oni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislari asosida mavzuni yoritib berdi.
So‘nggi paytlarda, islomdan va musulmonlardan qo‘rquv va ularga nafrat tuyg‘usi bilan qarash, shu bilan birga islom dinini qoloq, musulmon madaniyatini esa qotib qolgan, hurfikrlilikka moyil bo‘lmagan, ayollar faoliyatini cheklaydigan va boshqa madaniyatlarga tahdid soluvchi, urush, qotillik, bosqinchlikka dalolat qiluvchi din, kabi noo‘rin ayblovlar ham qo‘yilayotgani, aslida Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etishi haqida so‘z yuritildi.
Albatta, imom-xatiblarning aholi, ayniqsa yoshlar bilan shu kabi diniy-ma'rifiy suhbatlar olib borishi ularning hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashlarida muhim o‘rinni egallashi shubhasizdir.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 25/11/2019 11:37; Ko‘rilganligi: 1350
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:12