O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlar tarbiyasida imom-xatiblar ham mas'ul

 
 

O‘zbekiston aholisining 60 foizdan oshig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular har tomonlama barkamol bo‘lishi uchun mamlakatmizda barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan.

Bunga javoban yoshlarimiz tinchlik, osoyishtalik hukm surayotgan o‘lkada kamol topib, munosib shart-sharoitlarda ta'lim olib, kelajakda Vatanimiz taraqqiyoti, ravnaqini belgilab beruvchi kuch sifatida maydonga chiqishlari talab etiladi. Ularni bilimli, tevarak atrofdagi voqelikka nisbatan o‘z fikri, mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan barkamol avlod etib tarbiyalashda ta'lim muassasalari qatorida imom-xatiblar ham mas'uldirlar. Shundan kelib chiqib Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar ta'lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan diniy-ma'rifiy mazmundagi suhbatlar o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, Payariq tumani “Mo‘lla To‘raxon” jome masjidi imom xatibi Maqsudjon Rustamov O‘zbekiston mahallasida joylashgan 94-umumta'lim maktabida bo‘lib, “Ilmning fazilati, ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari” mavzularida yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, Samarqand shahar “Domla Kamoliddin” jome masjidi imom-xatibi Ismatulloh Absalomov shahardagi 20-maktab o‘quvchilari bilan uchrashib, “Vatanga muhabbat” mavzusida, Samarqand shahar “Panjob” jome masjidi imom-xatibi Botirali Rizayev 72-maktabda yoshlar bilan “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/11/2019 10:27;   Ko‘rilganligi: 1197
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlar-tarbiyasida-imom-xatiblar-ham-masul
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 01:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing