Saylovga tayyorgarlik jarayonlarida imom-xatiblar ishtiroki
Samarqand tumanidagi “Agromir-Samarkand” qo‘shma korxonasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harkati O‘zbekiston – Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand tumani hududidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi.
Ushbu tadbirda Samarqand tuman bosh imom-xatibi Bahodir Sharipov ham ishtirok etib, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi yo‘lida hamma birdek mas'ulligi haqida o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 29/11/2019 15:55; Ko‘rilganligi: 1191
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 06:57