O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyat vakilligi binosida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Unda  Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov, “Movarounnahr” nashriyoti bosh muharriri Abdul Jalil Xo‘jam,   viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov hamda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda joylardagi masjidlarning imom-xatiblari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda imom-xatiblarning bugungi faoliyati, aholi bilan olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, bu boradagi mavjud kamchiliklar, masjidlarning qishgi mavsumga tayyorligi, namozxonlar o‘z ibodatlarini mukammal ado etishlari uchun barcha sharoitlarni hozirlash,  qurilish, ta'mirlash ishlari talab etiladigan masjidlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman/shahar kengashlariga saylovlar munosabati bilan joylarda aholi va namozxonlarga saylovning ahamiyati, unda har bir shaxsning o‘zi ishtirok etishi kabi mavzularda tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish, imom-xatiblarning bugungi kundagi dolzarb mavzular bilan OAV, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar bilan ishtirok etishlari tavsiya qilindi.

Yig‘ilish davomida “Movarounnahr” nashriyoti bosh muharriri Abdul Jalil Xo‘jam so‘z olib, nashriyot hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarish va yangiliklar haqida gapirib berdi. Diniy ma'rifatni xalqqa yetkazishda nashriyot bilan imom-xatiblarning yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro hamkorligi samarasi o‘laroq diniy-ma'rifiy nashrlar ko‘plab xonadonlarga kirib borayotganligi, bunda imom-xatiblarning xizmatlari katta bo‘layotgani e'tirof etilib, 2019 yil obunasida faollik ko‘rsatgan imom-xatib va tashkilotchilardan 47 nafariga nashriyot tomonidan “Faxriy yorliq” hamda kitoblar jamlanmasi, “Canon” printeri, “SAMSUNG-Galaxy 6” plansheti, mikroto‘lqinli pech va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng bundan keyin ham o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.


Kiritilgan vaqti: 27/11/2019 18:05;   Ko‘rilganligi: 954
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyat-vakilligi-binosida-navbatdagi-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 19:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing