O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Yoshlar tarbiyasida beparvolik - kelajakka xiyonat

 
 

Samarqand viloyat yuridik kollejida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish hamda ular proflaktikasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamda Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom-xatibi Jahongir Hatamov ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, farzandlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadigan turli zararli ta'sirlardan himoya qilish, bu boradagi beparvolik el-yurtimiz oldida, tarix va kelajak oldida xiyonat ekani, jamiyatimizda illat bo‘lib turgan jinoyatchilik, estremistik, aqidaparast oqimlarga qo‘shilib qolish, o‘z joniga qasd qilish kabi salbiy holatlarning fojiaviy oqibatlarini keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligi haqida gapirib o‘tdilar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/11/2019 15:09;   Ko‘rilganligi: 1153
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/yoshlar-tarbiyasida-beparvolik-kelajakka-xiyonat
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 21:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing