3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni: HYeCH KIM MYeHR VA E’TIBORDAN CHYeTDA QOLMADI.
Kuni kecha, 3 dekabr kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Vaqf xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali rahbari A.Sultonov bilan birgalikda “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Samarqand shahridagi eshitishi va gapirishi cheklangan fuqarolarga bayram dasturxoni tashkil qildi va ularga bir dona kir yuvish mashinasi, velosiped hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildi.
Samarqandda "Inklyuziv markaz" ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha hududlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Inklyuziv markaz"lar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.
3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida "Inklyuziv markaz"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Markaz uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 150 mln so'm mablag' evaziga kerakli barcha jihozlar olib kelindi.
Markazda tikuvchilik, kulolchilik, biserdan buyumlar yasash, zargarlik, tasviriy san'at va to'qish yo'nalishlari bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar o'zlari uchun kerakli bo'lgan kasblarni o'rganishlari mumkin.
3 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” da BMT bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyusiyasiga muvofiq “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Bugun, 3 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” da BMT bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3-sonli rezolyusiyasiga muvofiq “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla Sattarov, viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbar hamda xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyatimizning barcha hududlaridan kelgan nogironligi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi, nogironlik hassasi va shunga o‘xshash sovg‘alar ehson tariqasida tarqatildi.
Chechenistonlik mehmonlarning Samarqandga tashrifi amalga oshirildi
Xabar berganimizdek, Chechenistonlik mehmonlarning tashrifi viloyatimizda davom etmoqda. Mehmonlarning tashrifi Imom Buxoriy qadamjosining ziyorati bilan davom etdi. Ziyorat so‘ngida Qur'on tilovati qilinib, Imom Buxoriy hazratlarining haqlariga va barcha marhum mo‘min musulmonlar haqqiga duolar qilindi. Shuning bilan birga mehmonlar “Imom Buxoriy” xalqaro tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi bilan yaqindan tanishdilar.
#XUSHXABAR: O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo‘nab ketdi
2021 yil 1 dekabr kuni erta tongda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Ma'lumki, o‘tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo‘min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo‘ldilar.
100 nafar bosh imom-xatib bilim va malakasi oshiriladi
Bugun, 29 noyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Respublikamizda faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman va shahar bosh imom-xatiblari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlarining boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Prezident adminstratsiyasi mas'ul xodimi Jasur Najmiddinov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshliqlari Bobomurod Rustamov va Muhiddin Hakimov, shuningdek, malaka oshirish o‘quvi tinglovchilari qatnashdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xo‘ja Ismoil shaharchasida yangi bog‘ barpo etildi
Shu kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi ostida mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan va keyin ham muntazamlik kasb etadigan “Yashil makon” umummilliy loyihasimohiyati jihatidan kelajak avlod taqdiriga dahldorligi bilan ahamiyatli. 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha e'lon qilingan dolzarb 40 kunlik doirasida Samarqand viloyati Payariq tumani Xo‘ja Ismoil shaharchasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi rahbarligida viloyat diniy soha vakillari tomonidan “Imom Buxoriy avlodlari bog‘i” yaratildi.
Faol mutaxassislarga sertifikat berildi
Xabar berganimizdek, shu yil 22-27 noyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlar idorasida Qoraqalpog‘iston qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari kadrlar va tashkiliy masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilim va malakalarini oshirdi.
Ushbu kurs O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi vakilliklar – Qoraqalpog‘iston qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklarida ish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchiligikdagi o‘zgarishlardan xabardor etish, vakilliklarning kadrlar va tashkiliy masalalari bo‘yicha mutaxassislarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
“So‘fi Olloyor” va "Ezgulik" bog‘lari tashkil etildi
Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Samarqand viloyatining barcha joylarida xayrli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, viloyatning Pastdarg‘om tumanida joylashgan "Norqul bobo" jome masjidi hovlisida diniy soha vakillari, ulamo va nuroniylar ishtirokida manzarali va mevali daraxtlar ko‘chati ekilib, "Ezgulik bog‘i" tashkil etildi.
Shu kuni " Ezgulik bog‘i"ga 1000 tupga ko‘chatlar o‘tqazildi.
Muftiy Nuriddin domla hazratlari yuksak medal bilan taqdirlandilar
2021 yil 25 noyabr kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan ta'sis etilgan yuksak medal bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Muftiy Nuriddin domla hazratlari Qozog‘istondagi xalqaro anjumanda qatnashadilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari xalqaro anjumanda qatnashish uchun Qozog‘iston respublikasiga tashrif buyuradilar.
Muftiy hazratlari ilk xorij safarlari chog‘ida Qozog‘iston Respublikasi Nursulton shahrida o‘tkaziladigan “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etadilar.
Qirg‘izistonlik mehmonlarning Samarqanddagi tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi
Xabar berganimizdek, Qirg‘iziston ulamolarining viloyatimizga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda. Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida shaharning diqqatga sazovor muhim joylaridan biri, qadimiy, ammo hamisha navqiron shaharsozlik ansambli sifatida butun dunyoga dongi ketgan Registon maydoniga tashrif buyurdi hamda mehmonlarga ushbu tarixiy obidaning qurilishi va bizgacha yetib kelish tarixi so‘zlab berildi.
Qirg‘izistonlik ulamolar Samarqandda!
Xabar berganimizdek, Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev boshchiligidagi bir guruh ulamolar tashrifi viloyatimizda bo‘lib turibdi. Mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Xomidjon domla Ishmatbekov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovlar hamrohlik qilmoqdalar.
Qirg‘iziston Ulamolarining Samarqandga tashrif buyurdilar.
Qirg‘iziston Ulamolaridan tashkil topgan delegatsiyani viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va mas'ullar Samarqand temryo‘l vogzalidan kutib oldilar.
So‘ng Qirg‘iiston muftiysi va din ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i bilan viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat bosh imom-xatibi birgalikda davra subati tashkil etildi.
Shunigdek davra suhbatida Samarqandning tarixiy obidalari va Samarqandda yetishib chiqqan ulug‘ olimlar haqida gapirib o‘tildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston muftiylari uchrashdilar
Bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qabul marosimida Qirg‘iziston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi raisi Toyganbay Abdikarov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etdi.
Din ishlari bo‘yicha raisi Sodiqjon Toshboyev so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz Rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar kengayib borayotgani, ayniqsa, diniy-ma'rifiy sohadagi hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgani, ikki mamlakat ulamolari turli anjumanlarda, ma'rifiy tadbirlarda birga-birga ishtirok etayotganlari, chegara oldi mintaqalarda muntazam aholi bilan suhbatlar olib borilayotganini alohida qayd etdi.




















