Samarqandda "Inklyuziv markaz" ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha hududlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida "Inklyuziv markaz"lar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.
3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida "Inklyuziv markaz"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Markaz uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 150 mln so'm mablag' evaziga kerakli barcha jihozlar olib kelindi.
Markazda tikuvchilik, kulolchilik, biserdan buyumlar yasash, zargarlik, tasviriy san'at va to'qish yo'nalishlari bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslar o'zlari uchun kerakli bo'lgan kasblarni o'rganishlari mumkin.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/12/2021 13:23; Ko‘rilganligi: 863
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:39