Aholi bilan muloqotlar tashkil etildi
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami davlatimiz tomonidan alohida himoyaga olingani, ularga munosib turmush sharoiti yaratish borasida qilinayotgan keng ko‘lamli sa'y-harakatlarini alohida e'tirof etish lozim.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari viloyatlar bo‘ylab xalqimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Joriy yil 22 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatdagi muammoli mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yildi.
ERTAGA 22 FEVRAL KUNI VILOYATDAGI NOTIQ VA IQTIDORLI IMOM-XATIBLAR JOMBOY TUMANIDAGI MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR
Ertaga, 22 fevral kuni viloyatimizning bir guruh notiq va iqtidorli imom-xatiblari Jomboy tumanidagi masjidlarga tashrif buyurib Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.
"Gapirmayman, eshitmayman lekin Allohga taqvo qilaman..."
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” fondi tashabbusi bilan O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan Samarqand shahrida eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor, ijtimoiy ximoyaga muhtoj yurtdoshlarimizga“Siz bizga keraksiz!” shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi masul xodimi, Samarqand viloyat vakilligi, “Vaqf” fondining hududiy filiali va hamkor tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Umra ibodati qanday amalga oshiriladi?
Umr davomida eng kamida bir marta umra ibodatini ado etish sunnati muakkada hisoblanadi. Umra ibodatini yilning xohlagan vaqtida ado etish mumkin. Ya'ni umra qilish uchun aynan biror vaqt tayin qilinmagan. Ammo besh kunda – arafa kuni, iydu qurbon va undan keyingi uch kunda umra qilish makruhi tahrimiy bo‘ladi. Chunki bu kunlar haj arkonlari ado etiladigan kunlardir.
Umra ibodati uchun eng afzal vaqt Ramazon oyi hisoblanadi.
Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jomesiga peshin namoziga tashrif qildilar.
Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Zayniddin domla Eshonqulov “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidiga peshin namoziga tashrif qildilar.
Samarqand viloyati faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Ma'lumki muhtaram Prezidentimiz Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma'lum qilgan edi. Shu bois 17 fevral kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibligi viloyat hokimligi hamkorligida mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla mullalarini viloyatdagi mahallalarga biriktirib, mahalladagi har-bir xonadon bilan yaqindan tanishib chiqishi va muammoli xonadonlar bilan alohida tartibda ishlarini yo‘lga qo‘yishi uchun ularning oldilariga vazifalarni belgilab berdi.
Samarqand viloyati otinoyilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Bugun 16 fevral kuni Samarqand shahrida joylashgan Konsert zalida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda ayollar va yoshlarni turli yot g‘oyalardan, jinoyatchilikdan himoya qilishda otinoyilarning o‘rni, ayollar fiqhiy masalalari, bid'at xurofotlar va folbinlikning salbiy oqibatlari va qirq farz bayoni to‘g‘risida mashg‘ulot darslari bo‘lib o‘tdi.
RASMIY MUNOSABAT
So‘nggi yillarda respublikamizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma'rifiy yo‘nalishda ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda vijdon erkinligi huquqini ta'minlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini obod qilish, boy tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilish, diniy sohada malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Muftiy hazratlari madrasa ustoziga moddiy rag‘bat va ikki talabaga shartnoma to‘lovi sertifikatini taqdim etdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari “Ko‘kaldosh” madrasasi ustoz va talabalari bilan uchrashuv chog‘ida bilim yurtining eng jonkuyar ustozi Jaloliddin domla Xolmo‘minovga besh million so‘mlik bir martalik moddiy rag‘bat hamda madrasaning ikki nafar talabasi – Muhammadxo‘jayev Ismoil va Ahmedov Abdulqodirning har biriga bir yillik o‘quv shartnomasi to‘lovi – 10 684 000 so‘mlik sertifikatlarini topshirdilar.
Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on shahar “Tegirmonboshi” jomesiga peshin namoziga tashrif qildilar
Bugun, 15 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Tegirmonboshi” jome masjidida peshin namozini jamoat bilan birga ado etdi.
Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahar “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jomesiga peshin namoziga tashrif qiladilar.
Bugun, 15 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Zayniddin domla Eshonqulov “Xo‘ja Abdu Mo‘min” jome masjidiga peshin namoziga tashrif qiladilar.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Maxsudov Davronbek Rustamovich Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Maxsudov Davronbek Rustamovich 2004-2012 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimi, 2012-2018 yillar - Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura bo‘limi boshligi, Islomshunoslik kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillar - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ISESCO kafedrasi mudiri hamda hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Prezident maslahatchisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
144 nafar samarqandlik “Umra” ziyoratiga yo‘l oldi
Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin, Yurtimizda umra ibodatiga keng yo‘l ochilib, Baytullohni tavof qiluvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ilohim ko‘payishda davom etaversin!
SAMARQANDLIK ZIYORATCHILAR UMRA SAFARI UCHUN TAYYORGARLIK KO‘RMOQDA!
Bugun, 29 yanvar kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarovlar vakillik binosida Samarqandlik Umra safariga ziyoratiga boruvchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazdi.




















