O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Gapirmayman, eshitmayman lekin Allohga taqvo qilaman..."

 
 

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” fondi tashabbusi bilan O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan Samarqand shahrida eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor, ijtimoiy ximoyaga muhtoj yurtdoshlarimizga“Siz bizga keraksiz!” shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi masul xodimi, Samarqand viloyat vakilligi, “Vaqf” fondining hududiy filiali va hamkor tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov kirish qismi bilan ochib berdilar.

Yoqubjon domla Mansurov o‘z ma'ruzalarida diniy jabhada olib borilayotgan ezgu ishlar borasida so‘zladi.

Ma'rifiy tadbirda so‘zga chiqqanlar Islom dinining mazmun-mohiyati, iymon-e'tiqod masalasi haqida ma'lumot berish bilan birga, missionerlik xataridan ogoh bo‘lish lozimligini ta'kidladilar.

Shundan so‘ng, imkoniyati cheklangan fuqarolardan 2 nafari so‘zga chiqib, ularga berilayotgan e'tibor, qilinayotgan hurmat-ehtiromdan mamnun ekanligini aytib o‘tdi. Qolaversa, Missionerlikning salbiy oqibatlari borasida yetarlicha tushunchalar hosil qilganligini va bularni o‘z do‘stlariga ham tushunarli qilib yetkazishini ta'kidladilar.

Tadbir davomida “Namoz va duolar” kitobi imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga hadya tariqasida tarqatildi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uchrashuv ishtirokchilari uchun ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/02/2022 14:54;   Ko‘rilganligi: 875
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/gapirmayman-eshitmayman-lekin-allohga-taqvo-qilaman
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing