O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqandda diniy soha xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakilligi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 287 ta jome masjid imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari O‘.Xasanboyev, O‘MI Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri M.Kamolov, O‘MIning Samarqand viloyatidagi vakilli Zayniddin domla Eshonqulov va vakillik mas'ul xodimlari hamda diniy soha xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan barcha imom-domlalarni mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini to‘la ta'minlash, islom ummati birligini mustahkamlash va o‘lkamiz farovonligi yo‘lida yelkami-elka mehnat qilishga chaqirib, din peshvolari avvalo xalqimiz tomonidan berilgan ishonchni oqlash darkorligi, buning uchun esa tinimsiz mehnat qilish, izlanishlar olib borish va kasb-mahoratni muttasil oshirish zarurligiga e'tibor qaratildi.

So‘zga chiqqan notiqlar tomonidan imom-xatiblar o‘rtasida o‘zaro jipslik, birdamlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish kabi fazilatlarni yanada oshirish, har holatda xalqimizga ibrat bo‘lishlari, diniy xodimlarning har tomonlama go‘zalligi, yurish-turishlari, muomala madaniyatlari orqali dinimizning go‘zalligi namoyon bo‘lishi alohida ta'kidlandi.

Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida diniy soha vakillarining faoliyatida, ijtimoiy – ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish va ommaviy axborot vositalarida samarali mehnat qilgan 12 nafar diniy soha xodimlari vakillik tomonidan maxsus tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/12/2021 19:29;   Ko‘rilganligi: 530
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqandda-diniy-soha-xodimlari-ishtirokida-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 09:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing