Axborot xizmati

E'LON

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan noyabr-dekabr oylarida viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining sayyor uchrashuv va suhbatlari tashkil etilmoqda.

Dastlabki sayyor uchrashuv va suhbat 4-noyabr kuni Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz. Sayyor uchrashuv va suhbatlar soat 13:30da Bulunur tumani markaziy "Amir Hamza" jome masjidida va Jomboy tumani markaziy "Islomobod" jome masjidida bo‘lib o‘tadi.

O‘zingizga kerakli va qiziqarli bo‘lgan savollar va hayotda uchraydigan diniy masalalar bilan sayyor uchrashuv va suhbatlarda ishtirok etib murojaat qilishingiz mumkin.

 

Muftiy hazratlari Toshkent viloyatiga tashrif buyurdilar

So‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar va bu xayrli ishlarning natijalarini har qadamda uchratishimiz, kuzatishimiz mumkin.

Ana shunday islohotlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashish maqsadida bugun, 2021 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent viloyatiga tashrif buyurdilar.

 

Oqim tarafdori deyilgan imom noibi aslida boshqa kasb egasi bo‘lgan

31 oktyabr kuni rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda “Jihodchilar” tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi” sarlavhali xabar e'lon qilindi. Unda yozilishicha, Qashqadaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Aniqlanishicha, ular “Jihodchilar” oqimi g‘oyalari yo‘g‘rilgan audio-video ko‘rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilishgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.

 

Muftiy hazratlari: Ta'lim biz uchun najot va saodatdir

Bugun, 28 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari diniy ta'lim muassasalariga bo‘lgan ilk tashriflarini Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutidan boshladilar.
Tashrif dastlab institut tarixiga oid ma'lumotlar bilan tanishishdan boshlandi. Unda institut tashkil etilishi, ta'lim dargohining maqsad-vazifalari, sobiq muftiylar tarixi va rektorlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. So‘ngra institut binosida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi va hattotlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Sevimli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan Robi'ul avval oy munosabati bilan institutda Siyrat oyligi o‘tkazilayotgani haqidagi xushxabar ko‘ngillarni shod etdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Haj” va “Umra” haqidagi xabarga munosabat

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lgan musulmonlar 14 kun kutishiga doir talab bekor qilindi, degan mazmundagi xabar tarqatildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatimizning Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha Attashesi bilan doimiy muloqot qilib, muborak safarlar bilan bog‘liq har bir jarayonni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

 

AQSHda mavlid marosimlari o‘tkazilmoqda

Xyuston shtatidagi (AQSH) masjidlar va islomiy maktablarda 24 oktyabr kuni mavlid marosimlari nishonlandi. Xususan, «Masjid al-Rasul» masjidida mavlid tadbiri o‘tkazilib, unda shayx Mansur Ali Rizviy ma'ruza qildi. Islom olimi o‘z ma'ruzasida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlariga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavallud kunlari munosabati bilan bolalar uchun ham tadbir uyushtirildi. Rizviyning aytishicha, bir yillik karantin cheklovlaridan so‘ng ochilgan masjidlar asta-sekin avvalgi faoliyatiga qaytmoqda.

Bundan tashqari Xyustondagi boshqa Islom muassasalarida ham Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tavallud kunlari nishonlandi.

 

PREZIDENTLIK SAYLOVIDAGI G‘ALABANI ALLOH MUBORAK QILSIN!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom
salavotu salomlar bo‘lsin.

Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoev janoblari!

 

Men ovoz beraman loyiq insonga

Bugun, 24 oktyaabr kuni ertalab soat 08:00dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalarida partyalar tomonidan prezidentlikga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.

Saylov uchastkalari va saylov okruglarida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi, komissiya a'zolari, deputatlikka nomzodlarning kuzatuvchilari, xolislar guvohligida saylov qutilari muhri ochildi. Ushbu tadbir boshlanishida imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar  el-yurt tinchligi, farovonligi, manfaati yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, imkonimiz doirasidagi yaxshi ishlarni amalga oshirib, ikki dunyo yaxshiligiga erishishimizni nasib aylashini Yaratgandan so‘rab duolar qildilar.

 

«Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni» ro‘yxati e'lon qilindi

O‘monda joylashgan Strategik tadqiqotlar islom markazi navbatdagi “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni“ ro‘yxatini e'lon qildi.

Bu safargi ro‘yxatning ilk besh pog‘onasida Qatar amiri Shayx Tamim ibn Hamad al-Tani, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz, Eronning oliy rahbari Sayid Ali Hamanai, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Iordaniya podshohi Abdulloh II bor.

 

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘zgardi

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi.
Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Xo‘ja Alambardor», «Minor» jome masjidlarida imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Sayfuddinov Rahmatulloh domlaga Alloh taolodan kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

MUFTIY SAYLANDI

2021 yil 19 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandilar.
Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tug‘ilganlar. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda esa Farg‘ona davlat universitetini tamomlaganlar.

 

Samarqandda mavlid tadbiri o‘tkazildi

Rasululloh (sallollohu alayhi va sallam)ning muborak hayotlari, sunnatlari va yuksak odoblaridan namuna olish, Ul zotga munosib ummat bo‘lish istagida 18 oktyabr kuni Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidida QALBIMIZ VA HYOYOTIMIZ SIZ ILA Yo RASULALLOH shiori ostida mavlid tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qur'on tilovati va salavot bilan boshlandi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning xulqlari, siyratlari imom-xatiblar tomonidan yoritib borildi. Olamlarga rahmat Payg‘ambarimizning xulqlari, go‘zal sunnatlariga ergashgan insonlarning hayotlarini tarixiy voqealar asosida ijro qilib berishdi.

Tadbirda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov, violyatimizda faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar, va keng jamoatchilik ishtirok etidiar.

 

Caylovlarda ishtirok etish joizmi?

803-SAVOL: Sizlardan bitta narsani so‘ramoqchiman. TikTok ijtimoiy tarmog‘ida bitta video ko‘rib qoldim. Unda saylovda qatnashish ovoz berishni kufr amal degan. Shu qanchalik asosli? Shu saylovlarda ishtirok etishga dinimizda qanday qaraladi? Javob uchun oldindan rahmat.

 

“Ta'vilot al-Qur'on” asari 30-juzi taqdimoti bo‘lib o‘tdi: bu — kitobning o‘zbek tilidagi ilk tarjimasidir

Abu Mansur Moturidiyning Qur'oni Karim tafsiriga bag‘ishlangan mazkur kitobi tarjimasi anchadan buyon kutilgan va joriy yilda ilk bor ommaga taqdim etilgan hamda dunyoning yetakchi ulamolari tomonidan e'tirof etilgan.

Taqdimot marosimi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, hamkor tashkilotlar va ilmiy doiralar vakillari, imom-xatiblar, ta'lim muassasalari talabalari hamda mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Imom-xatiblar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

2021 yil 13 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahrida sohada olib borilayotgan ishlar va imom-xatiblar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing