O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

E'LON

 
 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan noyabr-dekabr oylarida viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining sayyor uchrashuv va suhbatlari tashkil etilmoqda.

Dastlabki sayyor uchrashuv va suhbat 4-noyabr kuni Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz. Sayyor uchrashuv va suhbatlar soat 13:30da Bulunur tumani markaziy "Amir Hamza" jome masjidida va Jomboy tumani markaziy "Islomobod" jome masjidida bo‘lib o‘tadi.

O‘zingizga kerakli va qiziqarli bo‘lgan savollar va hayotda uchraydigan diniy masalalar bilan sayyor uchrashuv va suhbatlarda ishtirok etib murojaat qilishingiz mumkin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/11/2021 15:56;   Ko‘rilganligi: 891
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/elon
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing