"Yil imomi" tanlovining g‘olibi qanday aniqlanadi?
Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi globallashuv davrida Vatan ravnaqi yo‘lida xizmatlari hamda yoshlarimizning turli yot buzg‘unchi toifalarning ta'siridan himoyalanishida targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida har yili “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovni o‘tkazishdan qanday maqsad ko‘zlangan? – tanlovning maqsadi bugungi taraqqiyot talablariga javob beradigan, kuchli ilmiy salohiyatga ega, yuqori kasbiy mahorat sohibi bo‘lgan, ilg‘or fikrli, tadbirkor, ishbilarmon, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalana oladigan, diniy-ma'rifiy soha targ‘ibotchisi bo‘lgan faol imomlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlovning vazifalari nimalardan iborat? Tanlovning bir qancha vazifalari mavjud. Ulardan ayrimlari: tuman, shahar, viloyatlarning chekka va olis hududlarida faol mehnat qilayotgan, o‘z ishiga sadoqat bilan yondoshib, jonbozlik ko‘rsatayotgan imomlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, aholining turli qatlamlari orasiga kirib borib, mavjud muammolarni bartaraf etishda alohida jonbozlik ko‘rsatayotgan imomlarni aniqlash hamda imom-xatiblar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashinishni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
Tanlov necha bosqichda o‘tkaziladi? Tanlov uch bosqichda bo‘lib o‘tadi:
tuman (shahar) bosqichi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi;
respublika bosqichi.
Respublika bosqichida qanday shartlar bo‘ladi?
Respublika bosqichi 7 turdan iborat bo‘lib, 1-turda tafsir,
2-turda aqoid, 3-turda fiqh, 4-turda islom tarixi, 5-turda hadis ilmlari, 6-turda Movarounnahr allomalari hayoti va ijodi oid savollar hamda 7-turda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlarini tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida baholanadi.
Tanlovda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi "Yil imomi" ko‘rik tanlovining mutlaq g‘olibi sifatida e'tirof etiladi.
G‘oliblar uchun qanday mukofotlar beriladi?
1-o‘rin sohibi I darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 55 baravari miqdorida pul mablag‘i;
2-o‘rin sohibi II darajali diplom va bazaviy hisoblash mikdorining 45 baravari mikdorida pul mablag‘i;
3-o‘rin sohibi Ill darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari mikdorida pul mablag‘i mukofoti bilan taqdiralanadi.
Shuningdek, tanlov g‘oliblari va ishtirokchilariga homiylik mablag‘lari hisobidan esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.
«Yil imomi – 2021» ISHTIROKCHILAR
Kiritilgan vaqti: 04/11/2021 11:59; Ko‘rilganligi: 874
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:50