Chekka hududlarda juma namozi ado etildi.
Bugun Pastdarg‘om tumani bosh imom-xatibi Ozod domla Nazarov va Samarqand shahri "Shohi Zinda" jome masjidi imom-xatibi Samariddin domla Mirzayevar Urgut tumanidagi "Qozi Boymuhammad" va "Uzun" jome masjidlariga hamda Samarqand shahar "Xo‘ja Yusuf" masjidi imom-xatibi Nodirxon domla Mallayev Jomboy tumanidagi "Ushun tepa" masjidiga tashrif buyurib Juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
Joriy yilning 5 noyabr kuni Ishtixon tumani bosh imom-xatibi Alijon domla Yakubov, Samarqand shahri "Xo‘ja Is'hoqi Vali" jome masjidi imom-noibi Islom domla Bobobekov va Samarqand tumani "Yangimasjid" jome masjidi imom-xatibi Lutfullo domla Ibodullayevlar Bulung‘ur tumanidagi "Kichik Kildon", "Sariqipchoq" va "Beshariq Changal" jome masjidlariga tashrif buyurib, "PAYG‘AMBARIMIZ ALAYHISSALOMNING SO‘NGI VASIYATLARI" mavzusida ma'ruza qildilar va Juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 05/11/2021 17:19; Ko‘rilganligi: 1247
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:28