Таълим-тарбия

ODOB – YOSHLAR KO‘RKI VA BAXTLI KELAJAK ASOSIDIR

Islom dinida yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasini qachondan boshlash kerak degan savolga oila qurishdan oldin, ya'ni onasini (yoki otasini) tanlashdan avval deb javob beriladi. Muqaddas dinimizda farzand hali dunyoga kelmay turib, uning kimlar orqali dunyoga kelishi mumkinligiga e'tibor beriladi. Bo‘lg‘usi ona yoki ota tug‘ilajak farzand tarbiyasining zohiriy asoschilaridir. Chunki farzand tug‘ilganida uning tabiati sof holda tug‘iladi va qaysi muhitda tarbiya ko‘rib, o‘sib o‘lg‘aysa, o‘sha muhitdan ta'sirlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir tug‘ilgan go‘dak Islom fitratida (ya'ni sof tabiatda) tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”, – deb marhamat qilganlar.

 

ILM

Kishi xoru zabun bo‘lg‘ay jaholat nomli zillatdan,

Agar rohi ilmdin o‘zgadur “voy” harfi illatdan.

 

Farzandlarga nisbatan ota – onalarning burchlari

Ota-ona uchun farzand Allohning ulug‘ bir ne'matidir.  Allohning ne'matlari juda ko‘p, uni yozib, sanab ado qilil mushkuldir. Farzand ne'mati esa alohida bir Allohning in'omi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ota-onalarning vazifalari faqat farzandlarning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lib qolmasdan, ularning aqlli, ongli, hayoyu iboli, jismoniy sog‘lom, jamiyatga, balki butun insoniyatga foydasi tegadigan insonlar bo‘lib yetishishlari uchun qayg‘urishlari lozim. Buning uchun har bir ota-onaning  avvalo o‘zi imon-e'tiqodli, ilmli bo‘lishi, o‘zini biladigan, o‘zligini taniydigan bo‘lishi kerak.

 

Bolalaringiz tarbiyasini go‘zallashtiring

Bugungi yoshlarimiz tarbiyasi haqida juda ko‘p gapiriladi. Chunki tarbiya inson kamoloti davrida muhim o‘rin egallaydi. Ko‘z quvonchi bo‘ladigan farzand o‘stirish uchun ota-ona farzandiga e'tibor ko‘rsatishi, nozik niholdek asrab avaylashi, tarbiyalashi zarur. Uni barcha yomon illatlardan himoya qilib, faqat yaxshiliklar ila yetaklashi, yaxshiliklar bilan tarbiyalashi kerak. Bola ota-ona uchun bir imtihon. Bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishning bosh omili esa bolani go‘zal axloq egasi qilib tarbiyalashdir.

 

Boyligingiz bilan hargiz faxrlanmang

Barcha mavjudotlarga rizq beruvchi yolg‘iz Alloh Taoloning o‘zidir. Alloh subhanahu va ta'olo insonlarning ba'zilariga juda ko‘p boylik ato etadi, ba'zilarini esa faqirlikda o‘tkazadi. Ba'zilar, nima uchun shunaqa? deya qalbini tirnab o‘tadi. Aslida, ular umumiy bir qoidani bilib olishsa, kifoya qiladi: Alloh subhanahu va ta'olo bir boyga ko‘p mulk bergan bo‘lsa, uni yaxshi ko‘rganidan emas, balki uning iymonini tekshirish uchun bergan bo‘ladi. Bir kimsani kambagal bo‘lishini iroda etgan bo‘lsa, uni yomon ko‘rganidan emas, balki mana shu holatida ham qulligini unutib qo‘ymaydimi, degan buyuk imtixoni uchun shuni xoxlagan bo‘ladi. Biron bir inson unutmasinki, boylik va faqirlik shu paytgacha insoniyatning o‘lchovi bo‘lib kelmagan, balki bu holatlar sinovlar dunyosining turlicha maydonlaridir, xolos. Kimdir boy bo‘lib sinaladi, kimdir esa faqir bo‘lib. Rosululloh sollalohu alayhi vasallam Termiziy tomonidan rivoyat qilingan hadisi sharifda dunyoning qadrini pashshanining qanotiga ham tenglashtirmaganlar. “Dunyoning qadri Allohning nazdida pashshaning qanotichalik qadrli bo‘lganida, kofirga bir tomchi suv xam bermay qo‘yardi!”.

 

KASBU-HUNAR QILMOQLIK FAZILATLARI

Sog‘lom, ishga yaroqli inson kasb egallashi, mehnat qilishi kerak. Chunki har bir musulmon kishi o‘zining, bola-chaqasining rizqi ro‘zini halol va fidoyi mehnatlari bilan qilmog‘i farz amallardan hisoblanadi.

 

ILMNING AVVALI – MA'RIFATDIR

Alloh taolo ilmli bandalarini darajasini baland qilib, olimlarning fazilati haqida: “....Ayting: “biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!”...”, - deydi[1]. Ilmning inson hayotida nechog‘lik katta o‘rin tutishi mazkur oyatdan ham ma'lum bo‘ladi, chunki har bir millatning salohiyati, kuch-qudrati va kelajagi uning olimlari bilan belgilanadi, jumladan, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salom bu haqda:

[1]  Zumar surasi. 9- oyat.

 

Tarbiya - axloqning go‘zalligi

Islom dini avvvalgi samoviy dinlar kabi Alloh taoloni yagonaligiga e'tiqod qilish bilan birgalikda ota-ona, aka-uka, qarindoshlar va boshqa barcha insonlar hamda mavjudotlarga yaxshi muomala, mehr-shavqatli bo‘lishga da'vat etadi. “Ilm odob bilan ziynatlidir” degan  naqlda ham insonni yoshligidan odob-axloqiga e'tibor qaratilishi, voyaga yetish mobaynida yaqinlari, ustozini hurmatini joyiga quyish borasida tarbiyasiga e'tibor qaritilishi bilan ilm cho‘qqilariga erishish nazarda tutilgan. Aks holda o‘zaro muomala, odob-axloqda nuqsonli bo‘lib, diniy va dunyoviy ilmlardan bebahra qolsa, kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotadi, biror bir kasbni ham egallay olmasdan oilasiga halol kasb ortidan rizq yetkazib berishda qiyinchiliklarga duch keladi, hatto e'tiqodda ham adashib, ikki dunyosi uchun zarar ko‘rishi mumkin.

 

ODOB-AXLOQDAN AFZALROQ MEROS YO‘Q

Farzand - Alloh taolo tomonidan biz insoniyatga berilgan buyuk ne'mat. Har bir inson o‘z farzandini dunyodagi eng namunali, ilmli va ma'naviyatli bo‘lishini orzu qiladi. Shunga erishish yo‘llarini izlaydi hamda bu yo‘lda uchragan barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Bu haqida Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Farzandlaringizga ta'lim bering, chunki ular sizniki bo‘lmagan vaqt uchun tug‘ilganlar”, deb marhamat qiladilar.

 

Ilmning mohiyati va uning inson hayotidagi ahamiyati

“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q , va hechqachon bo‘lmagay”

Imom Buxoriy

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing