Farzand tarbiyasida hadislarning o‘rni
Sharq xalqlarida qadimdan farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib kelingan. Farzand tarbiyasiga chaqaloqning to‘g‘ilgan paytidan, balki undan ham oldinroq ahamiyat berish lozimligi haqida qator rivoyatlar va ibratli hikoyalar borki, ularning barchasida insonning kamoloti va kelajak poydevori yoshlikda olingan ta'lim-tarbiyaga bog‘likligi haqida so‘z yuritiladi.
Ilm - ikki dunyo saodati manbaidir
Hozirgi paytda dunyo hayotidagi taraqqiyot va rivojlanishni ilmsiz ravnaq topgan, yuksalgan deb bo‘lmaydi.
Xalqimizda “olim bo‘lsang olam seniki” degan ibora bejiz aytilmagan. Inson qanchalik ilm olishda davom etar ekan, uning bilim doirasi kengayib boradi, tafakkuri ochiladi, teran fikrlaydi. Shuning bilan biga har qanday ishning yechimini topadi.
Yoshlik oltin davr
Alloh taolo tomonidan insoniyatga ato etilgan eng sara va ardoqli ne'mat shubhasiz yoshlikdir. Payg‘ambarimiz alayhissalom ham o‘zlarining muborak hadisi shariflarida:
“Keksalikdan oldin yoshlik vaqtini g‘animat biling” deganlar.
Oynachi va telba
Qadim zamonda bir oynachi bo‘lgan ekan. Bir kuni u o‘z foydasini ko‘zlab bir telbaga debdi: “Agar borib odamlarning oynalarini sindirsang, menga yordam bergan bo‘lar eding, keyin mening ishim yurishar edi”. Devona uning gapiga kirib, oynachining uyiga yugurib boribdi va hamma oynalarini bitta qo‘ymay sindiribdi. Kechqurun uyiga kelgan oynachi buni ko‘rgach qattiq g‘azablanibdi va tebani topib uni koyiy boshlabdi. Shunda u:
Yoshlarni asraylik
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, “Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas”. Zero, jismoniy tarbiya bolani jismonan baquvvat, kuchli, sog‘lom etib tarbiyalasa, ma'naviy tarbiya orqali unda yuksak axloq, ezgulik, insonparvarlik, shijoat, rahmdillik va mehnatsevarlik sifatlari shakllanadi.
Eshik taqillatishda bajariladigan 8 amal
1. Eshikni uch martadan ortiq taqillatmaslik.
Qo‘ng‘iroq chalish ham eshik taqillatish kabidir. Qo‘ng‘iroq ham uch martadan ortiq chalinmaydi.
2. Eshikni ohista taqillatish.
Eshik qo‘pollik bilan taqillatilmaydi. Qo‘ng‘iroq ham beto‘xtov bosilmaydi. Eshikni qo‘pollik bilan taqillatish uy egasining qalbiga vahima soladi.
FARZAND TARBIYASI MAS'ULIYATI
Farzand Alloh taoloning bandalariga bergan ulkan ne'matlaridan biridir, bu ne'matni shukrini ado qilish har birimizning zimmamizdagi eng asosiy burchlarimizdan biri hisoblanadi. Uni asrab–avaylab, chiroyli tarbiyalab kamolga yetkazish esa bu ne'matning oliy shukronasidir.
Ijtimoiy-axloqiy tarbiyada hadislarning ahamiyati
Alloh taoloning insoniyatga ato etgan eng buyuk in'omi, bu Muhammad alayhissalomni payg‘ambar qilib yuborish bilan bashariyatni jaholatdan ma'rifatga, zalolatdan hidoyat sari olib boradigan yo‘llarni ochiq va ravshan ko‘rsatib berganligidir. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam insoniy fazilatlar borasida insoniyat uchun yuksak bir namunani taqdim qildilar. U zotning siyratlari, xulqlari asrlar osha ahli iymonga o‘rnak va dasturul amal bo‘lib kelmoqda. Hatto, Yaratgan zot Alloh taolo Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam (sollallohu alayhi vasallam)ni O‘zining eng mahbub bandasi va ulug‘ xulq sohibi ekanliklarini bizlarga ma'lum qilib: “Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!” (Qalam, 4) deya u zot barokoti, axloqi tarbiyalari bilan butun insoniyat uchun namuna bo‘ladigan darajada ekanligini bildirdi.
KITOB VA ILMGA MUHABBAT QO‘YISHNING FAZLI
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan farmoyishi”ning qabul qilinishi jamiyatimizda ilmning ahamiyatini oshirishga qaratilgan yuksak odim bo‘ldi.
TO‘G‘RI YO‘LDAN ADASHMAYLIK
Butun olamga dovrug‘i taralgan mustaqil hur diyorda, har bir qarichi barokotli, oltinga teng zaminda tinchligi, osoyishtaligi barqaror yurtda umr guzaronlik qilish baxtini muyassar etgan mehribon Robbimizga cheksiz shukronalarimiz bo‘lsin.