O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

Ilm - ikki dunyo saodati manbaidir

 
 

            Hozirgi paytda dunyo hayotidagi taraqqiyot va rivojlanishni ilmsiz ravnaq topgan, yuksalgan deb bo‘lmaydi.

            Xalqimizda “olim bo‘lsang olam seniki” degan ibora bejiz aytilmagan. Inson qanchalik ilm olishda davom etar ekan, uning bilim doirasi kengayib boradi, tafakkuri ochiladi, teran fikrlaydi. Shuning bilan biga har qanday ishning yechimini topadi.

            Muqaddas islom dinimiz ibtidosida nozil qilingan oyati karimaning boshlanishi “O‘qi” kalimasi ekani ham ilm olishning zarurligiga dalolat qiladi. Shu bois, Alloh taolo ilm o‘rganishga intilishni har bir mo‘min-musulmon zimmasidagi farz etib qo‘ygan.

             Xohlaymizmi yo‘qmi, oramizda ilm deganda faqatgina diniy ilmni nazarda tutadigan kishilar ham yo‘q emas. Vaholanki, dunyoviy ilm ham, diniy ilm ham Allohning ilmi hisoblanib, ularni ajratib bo‘lmaydi. Zero,  Hazrati Odam alayhissalom dunyoviy ilm tufayli fazilatga ega bo‘lib, farishtalarning ta'zimiga sazovor bo‘lganlar.

             Dunyoviy ilm ham odamga hurmat va fazilat keltiradi. Bu borada Payg‘ambaimiz (s.a.v) shunday marhamat kiladilar: Ilmni Chin-Mochin (Xitoy)da bo‘lsa ham, uni izlab topib, egallangiz. Zero, ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir. Bu hadisi sharifdan ham diny ham dunyoviy ilmni talab qilish farz ekanligi tushuniladi.

                Qolaversa, Nuh alayhissalom ham duradgorlikni kasb qilib, bu kasbga doir ilmlarning barchasini mukammal bilganlar. Shunday ekan, biz biror kasb yoki hunarni egalladikmi? O‘sha kasbga doir ilmlarning barchasini mukammal bilishimiz shart.

           Yurtimizda yoshlarning diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham mukammal egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratib qo‘yilgan. Zero, Ali karramollohu vajhahu shunday deganlar:  “Bolalaringizga o‘zlari yashayotgan davr ilmlarini o‘rgatinglar, chunki ular sizning davringizdan boshqa davrda dunyoga kelganlar”.

          Bundan ko‘rinib turibdiki, diniy, dunyoviy ilm demasdan barcha ilmlarni birdek o‘rganishga va farzandlarimizga ham o‘rgatishga harakat qilishimiz kerak. Alloh barchamizga manfaatli ilmlardan bersin hamda olgan ilmlarimizga amal qiladigan bandalaridan qilsin.

Abdulloh Rahmonov - Oqdaryo tuman "Chovka" jome masjidi imom-xatibi, O‘MI Samarqand viloyat vakilligi mutaxassisi


Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 14:57;   Ko‘rilganligi: 2897
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/ilm-ikki-dunyo-saodati-manbaidir
Chop etilgan vaqti: 12/09/2024 10:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing