ILM
Kishi xoru zabun bo‘lg‘ay jaholat nomli zillatdan,
Agar rohi ilmdin o‘zgadur “voy” harfi illatdan.
Bilim qo‘ygay samoning toqig‘a narvonni beshubha,
Maloyik bo‘lsa olmas erdi poyi nuri xil'atdan.
Demas Payg‘ambarim bejiz, agar ergashsa yo‘l topg‘ay,
Qolur sahroda karvon bexabardur ilmi jilvatdan.
Bilim nuri inoyatdur, bilim nuri hidoyatdur,
Kelursa ketmag‘ay iqbol ilmli ahli millatdan.
Tilak shul bizni irfondin hamisha aylasin ikrom,
Ilmga oshno qilsin uzoqlatsin jaholatdan.
Ikromxon VALIXONOV, Urgut tuman “Paxmob” jome masjidi mutavallisi
Kiritilgan vaqti: 02/10/2019 12:45; Ko‘rilganligi: 1385
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 03:07