Долзарб мавзу

Internetdan olingan narsa to‘g‘ri, ishonchli va zararsiz ekanini bilish kerak.

Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ma'lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma'qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, ekstremizm, axloqsizlik,kishining sha'niga, obro‘yiga putur yetkazadigan turli-xil fitnalar kabi nosog‘lom g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda.

Hozirgi tahlikali zamonda internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli ma'lumotlar, turli buzg‘unchi g‘oyalar, odob-ahloqni yemiruvchi manfur illatlar har bir ongli kishini tashvishga solishi aniq.

 

Jaholatdan o‘zini asrash har bir e'tiqodli insonning musulmon sifatidagi burchidir.

Yoshlik har bir insonga bir marta beriladigan tengi yo‘q ne'matlardan biri bo‘lib, uning qadriga yetmoq kerak. Bu ne'matdan unumli foydalanib, o‘zining ilmiy va ma'naviy salohiyatini oshirib borgan inson o‘z zimmasidagi eng oliy vazifani uddalagan hisoblanadi.

Hozirgi kunla O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladi. Har bir farzandning shaxsiyati oilada shakllanadi. Demak, oila barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan mukammal tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini o‘yg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.

 

Alloh maloikalarining vazifalari.

Alloh taolo tomonidan bizga umr ne'mati berilgan kundan boshlab, har bir kunimiz, har bir lahzamiz, har bir amalimiz ila Allohning izni bilan farishtalar nigohida bo‘lamiz. Hattoki jon taslim qilar chog‘imiz ham faishtalarga ro‘baro kelamiz. Xo‘sh, farishtalar haqida nimalarni bilamiz? Bu dunyoda Allohning maloikai muqarrabinlari to‘rt nafarni oxiratda esa sakkiz nafarni tashkil qiladi. Aslida farishtalarning soni juda ko‘p. Biroq ularning aniq sonini Buyuk Allohdan bo‘lak hech kim aniq ayta olmaydi. Muqarrabinlar, ya'ni Allohning dargohida eng asosiy vazifalarini bajaradiganlar yuqorimartabali maloikalaridir. Ular quyidagilar:

 

HAQNI DA'VO QILYOYOTGAN SOXTA SALAFIY NOHAQLAR

Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi kunda muqaddas islom nomidan turli oqimlarning o‘zlarini har xil ismlar bilan nomlab olib, go‘yo haq yo‘lni da'vo qilayotgan, aslida esa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan niqob ostidagi adashgan firqalar ko‘paymoqda. Ana shunday oqimlardan biri “Soxta salafiylar” hisoblanadi.

 

FIQHUL AKBAR

«فاعلم أن كتاب الفقه الأكبر لأبي حنيفة قد بلغ درجة في بيان التوحيد والصفات وساير الاعتقادیات بحيث لو كان الإنس والجن كلهم مجتهدین واجتمعوا باجتهادهم على أن يأتوا بمثله، بدون توفيق الله تعالى إياهم ونصرته لهم، لما قدروا على ذلك، ولا يعقله إلا أولو الألباب الذين يذكرون الله قياما وقعودا وعلى جنوبهم ويتفكرون في خلق السموات والأرض!».

✍️ إسحاق الرومي الحنفي ( ت ٩٥٠ )

 

Payg‘ambar alayhissalomga bo‘lgan ehtiromlar

Muhammad Amriy: «Ibn Umarni Payg‘ambar alayhissalomni zikr qilganida faqat yig‘laganini eshitdim», deb aytdi. (Siyar kitobi 3/214).
– Imom Molik agar Payg‘ambar alayhissalomni eslasalar ranglari o‘zgarib, egilib qolardilar. Bu narsa suhbatdoshlarga qiyinchilik tug‘dirar edi.
– Imom Molikdan Sixtiyoniy haqida so‘ralganida: «Agar bu kishini oldlarida Payg‘ambar alayhissalom zikr qilinsa, yig‘lab, rahmni keltirardilar. Men u kishidagi narsa va Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan ehtiromlarini ko‘rgach u kishi haqlarida yozdim», deb aytdilar.

 

Soxta_salafiylarga_raddiya

Al-Fiqxul akbarni shorihi, zamonimiz olimi Alloma Nizol Ibroxim hafizahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan rivoyat qilingan "Fiqxul akbar" risolasini inkor qiluvchilar haqida quyidagicha yozadi:
وهذ الكتاب قد أملاه الإمام الأعظم رضي الله عنه ردا علي المعتزلة وغيرهم. ولم ينكره أحد من أهل المذهب ولا من غيرهم إلا شرذمة لا يؤبه قولهم.
"Ushbu kitobni imomi A'zam raziyallohu anhu mo‘tazila va boshqa toifalarga raddiya o‘laroq imlo qilganlar. Uni mazhab ahlidan va boshqalardan birortasi inkor qilmagan. Faqatgina gaplari ahamiyatsiz bo‘lgan ozchilik inkor qiladi xolos".

©️Alloma Nizol Ibroxim hafizaxulloh

 

Soxta salafiylarga raddiya!

Ular juda ham katta da'vo qilishib: Biz Qur'on va Sunnatni salafi solihlar fahmi ila tushunamiz, deyishadi.
Aslida esa bu da'volari safsata va yolg‘ondir.
Hozir isbot qilib beramiz.
1. Moturidiy va ash'ariylar to‘rt mujtahid imomlar imom Abu Hanifa, Molik, Shofeiy va Ahmadga va imom Moturidiy va imom Ash'ariy rahmatullohi alayhimga ergashishadi.
Bu zotlarning ba'zisi sahobiylarni ko‘rgan bo‘lsa, qolganlari tobeinlar va tabaa tobeinlar davrida yashashgan. Ya'ni, 80-333 hijriy yillar oralig‘ida yashab ijod etishgan.
Salafi solihlar bu sahobiylar, tobeinlar va tabaa tobeinlar ekani ma'lum.

 

Tinchlik haqida

Tinchlik deb, zo‘rovonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qo‘rquv yo‘q osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik indivudual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida xotirjam bo‘lishlik tushuniladi.

Tinchlik davlatlar orasida noxarbiy tashqi siyosat asoslanadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni ta'minlaydi. Dunyo tinchligini saqlash uchun ikkinchi jahon urushidan keyin BMT (Birlashgan millalar tashkiloti) tuzilgan. Tinchlik xalqarotinchlik va davlatlar o‘rtasida zo‘rlik  ishlatmasdan tashqi siyoat olib borishni o‘z zimmisiga olgan, majburiyatlarni bajarishga va odatda xalqaro shatrnomalarni mustahkamlab qo‘yishga majburiyatlarga rioya etishga asoslargan munosabatlardir.

 

Nega fiqhda hanafiya, aqidada  moturidiya ?

Bugungi kunda ayrim adashgan firqalar faqat o‘zlarinigina ahli sunnaga mansub, deb da'vo qilmoqdalar. Aslida, ming yildan beri butun ummat ahli sunnaning asl namoyondasi va eng haqli merosxo‘ri, deb bilittifoq tan olib kelayotgan va hozirga qadar ko‘p sonli ahli sunna ulamollari e'tirof etib kelayotgan moturidiy va ash'ariylarni faqat kam sonli ayrim salafiylargina “bid'atchi firqa, adashgan toifa”, deb tuhmat qilmoqdalar, quyidagi fitnali, shubhali savollarni qo‘zg‘amoqdalar:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing