O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Alloh maloikalarining vazifalari.

 
 

Alloh taolo tomonidan bizga umr ne'mati berilgan kundan boshlab, har bir kunimiz, har bir lahzamiz, har bir amalimiz ila Allohning izni bilan farishtalar nigohida bo‘lamiz. Hattoki jon taslim qilar chog‘imiz ham faishtalarga ro‘baro kelamiz. Xo‘sh, farishtalar haqida nimalarni bilamiz? Bu dunyoda Allohning maloikai muqarrabinlari to‘rt nafarni oxiratda esa sakkiz nafarni tashkil qiladi. Aslida farishtalarning soni juda ko‘p. Biroq ularning aniq sonini Buyuk Allohdan bo‘lak hech kim aniq ayta olmaydi. Muqarrabinlar, ya'ni Allohning dargohida eng asosiy vazifalarini bajaradiganlar yuqorimartabali maloikalaridir. Ular quyidagilar:

  1. Jabroil (alayhis salom), ya'ni Jabroili amin – uning vazifasi Allohning vahiylarini payg‘ambarlarga yetkazishdir;
  2. Mikoil (alayhis salom) – uning vazifasi Alloh yaratgan barcha tirik jonzotlarga, ular uchun atalgan va taqsimlangan rizqini yetkazib berishdir;
  3. Azroil (alayhis salom) – uning vazifasi inson va boshqa jonzotlarning jonini olish, qabzi ruh qilishdir;
  4. Isrofil (alayhis salom) – uning vazifasi Qiyomat qoim bo‘lganida, Allohning buyuk amri ila sur chalib, qabrlardan barcha jonzotlarni qayta tiriltirib, Mahshar vodiysiga chorlashdir. Bunda birinchi sur chalinganda Qiyomat kuni bo‘ladi. Ikkinchi bor chalganida esa barcha maxluqotlar qayta tiriladi;

Boshqa farishtalar:

Kiroman-Kotibin – insonning yaxshi va yomon amallarini yozib boruvchi farishtalar.
         Munkar va Nakir – inson qazo qilib, qabrga qo‘yilganda savol-javob o‘tkazadigan farishtalar.
        Qo‘riqlovchi-Farishtalar – Insonlarni oldidan, orqasida, o‘ngidan, chapidan(Allohning izni bilan) himoya qiluvchi farishtalar.
        Rizvon (a.s.) – Jannatning bosh farishtasi, Jannat qo‘riqchisi
        Molik (a.s.) – Do‘zaxning bosh farishtasi.
        Zaboniya – Do‘zaxda gunohkorlarni azoblovchi farishtalar.
        Xamalatu-l-Arsh – Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar.

Ha! Butun koinot uzra har qanday joy va holat bo‘lmasin barchasida Allohning farishtilari mavjuddir.

Demak, bu dunyoda farishtalarning asosiy vazifalari insonlarni muhofaza qilib yurish, ularning yaxshi va yomon amallarini qayd qilib borish ekan. Har bir joy, har bir holatda farishtalar biz bilan birgadir.

Insonlar orasida farishtalar ham so‘roq qilinadimi ? degan savol ham uchrab turadi. Farishtalar so‘roq qilinmaydi. Chunki, ular faqat Allohning buyrug‘ini bajaradilar, nafsi buyurgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaydilar. Bu hayot insonlar va jinlar uchun sinovdir. Shaytonlar ham sinovga mahkum etilgan. Vaholanki, biz insonlar nafsimiz orqali bajargan ishlarimiz, gapirgan gaplarimiz yuzasidan Qiyomat kuni savol-javob qilinamiz.

 

“Qur'on sirlari” kitobidan Sayyid Aziz Sayyid Iso o‘g‘li tarjimasi asosida tayyorlandi.


Kiritilgan vaqti: 14/10/2021 19:15;   Ko‘rilganligi: 2491
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/alloh-maloikalarining-vazifalari
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 18:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing