O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Tinchlik haqida

 
 

Tinchlik deb, zo‘rovonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qo‘rquv yo‘q osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik indivudual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida xotirjam bo‘lishlik tushuniladi.

Tinchlik davlatlar orasida noxarbiy tashqi siyosat asoslanadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni ta'minlaydi. Dunyo tinchligini saqlash uchun ikkinchi jahon urushidan keyin BMT (Birlashgan millalar tashkiloti) tuzilgan. Tinchlik xalqarotinchlik va davlatlar o‘rtasida zo‘rlik  ishlatmasdan tashqi siyoat olib borishni o‘z zimmisiga olgan, majburiyatlarni bajarishga va odatda xalqaro shatrnomalarni mustahkamlab qo‘yishga majburiyatlarga rioya etishga asoslargan munosabatlardir.

O‘zbekistonimiz mustaqillikga erishgandan buyon jahonga va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik zarurligidan kelib chiqib o‘z tashqi siyosatini amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz dunyoda tinchlikni saqlashning barcha xalqaro huquqiy meyorlariga amal qilib kelmoqda va barcha davlatlarga o‘rnak ham bo‘lmoqda.

Manbaalarda “ikki ne'mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U xotirjamlik va sihat-salomatlikdir”, deyilgan. Har bir inson yashashi, Allohga xotirjam ibodat qilishi, ishlashi uchun tinchlik darkor. Rivoyatlarga ko‘ra, Xarim Naimdan Hajjoj ibn Yusuf so‘radi: “Ne'mat nima?” U “Tinchlik, chunki men xavfsiragan kishining xayotidan manfaatlanganini ko‘rmadim”, deb javob bergan ekan. Tinchligini yo‘qotgan yurt yulduzsiz osmon kabi zimiston. Qanchalar unumdor yerlari, dov-daraxtlari, bog‘-rog‘lari bo‘lmasin ularning hech biridan manfaat ololmaydi.

Ko‘ngil xotirjamligining eng asosiy sharti Yaratganga imon keltirishdir.

Tarixda tinchlikni buzilishiga aksar xollarda jamiyatni diyonatdan uzoqlashgani, Ma'naviyatga e'tiborsizligi sabab bo‘lgani kuzatiladi. Shunga ko‘ra, tinchlikni saqlash maqsadida, bugun, barchalarimiz jipslashib,yosh avlodni yuksak manaviyatli, dinu-diyonatli, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalab borishimiz zarur.

Xulosa qilib aytganda, Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, o‘zbek xalqining “boshqalarga hech o‘xshamaydigan ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlari, bag‘rikengligi, mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shavqat kabi fazilatlar bilan yo‘g‘irilgan din-diyonati, ma'naviyati yuksak darajada ekan, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q”. InshaAlloh...

Islom domla Hazratqulov  Kattaqo‘rg‘on tumani “Tavaron” masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 12/10/2021 15:36;   Ko‘rilganligi: 6826
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/tinchlik-haqida
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing