QISHLOG‘IM QALBIM SURURI
Biz yashab turgan maskan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanining dashtli hududida joylashgan Moybuloq qishlog‘idir. Bu qishloqning o‘ziga yarasha fayzu-tarovati va fazilatlari bor. Qishlog‘imizda bir necha turdagi shifobaxsh tabiiy giyohlar o‘sadi. Lalmikor va suvli yerlaridan turli xil nozu-ne'mat mevalar yetishtiriladi. No‘xat, kunjit, bug‘doy, qovun, tarvuz, uzum deyisizmi, ularning ta'mi o‘zgacha. Moybuloqning mayizi dunyoga mashhur. Ayniqsa “ko‘k”, “osh mayiz”, “qora mayiz”, “soyaki”, “kunaki”, “ilma soyaki”, “ilma kunaki” kabi bir necha turdagi mayizlarning tayyorlanish usullarini mahalliy aholi mahorat bilan amalga oshiradi. Qora mayiz insonlarning zehn, yurak, miya faoliyatiga quvvat bo‘lishini tibbiyot sohasi ham tasdiqlagan.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda diniy qadriyatlarning ahamiyati
Alloh taoloning ulug‘ ne'matlaridan bo‘lgan Mustaqillik sababli yurtimiz uzra hurriyat va fayzu barakot taraldi. Uzoq yillik isbibdodli tuzumdan so‘ng milliy va diniy qadriyatlarimiz qaytadan ravnaq topdi.
TO‘G‘RI YO‘LDAN ADASHMAYLIK
Butun olamga dovrug‘i taralgan mustaqil hur diyorda, har bir qarichi barokotli, oltinga teng zaminda tinchligi, osoyishtaligi barqaror yurtda umr guzaronlik qilish baxtini muyassar etgan mehribon Robbimizga cheksiz shukronalarimiz bo‘lsin.
ODOB – YOSHLAR KO‘RKI VA BAXTLI KELAJAK ASOSIDIR
Islom dinida yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasini qachondan boshlash kerak degan savolga oila qurishdan oldin, ya'ni onasini (yoki otasini) tanlashdan avval deb javob beriladi. Muqaddas dinimizda farzand hali dunyoga kelmay turib, uning kimlar orqali dunyoga kelishi mumkinligiga e'tibor beriladi. Bo‘lg‘usi ona yoki ota tug‘ilajak farzand tarbiyasining zohiriy asoschilaridir. Chunki farzand tug‘ilganida uning tabiati sof holda tug‘iladi va qaysi muhitda tarbiya ko‘rib, o‘sib o‘lg‘aysa, o‘sha muhitdan ta'sirlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir tug‘ilgan go‘dak Islom fitratida (ya'ni sof tabiatda) tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi”, – deb marhamat qilganlar.
Musulmonlar fitnalardan saqlaning!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Dinimizda insof-diyonat, o‘zaro totuvlik, jamiyatdagi birdamlik va mehr-muhabbat kabi xislatlar qadrlanadi. Chunki tinchlik-totuvlik va o‘zaro hamjihatlik bo‘lgan jamiyat rivojlanadi, gullab-yashnaydi. Odamlar orasida fitna va ixtilof chiqarish, bir-biriga qarshi gij-gijlash, ularni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga harakat qilish qattiq qoralanadi.
Islom – insonparvarlik va ezgulik dinidir.
Buyuk qudrat sohibi Alloh taologa hamdu-sanolar bo‘lsinki, avvalo Kurrai zaminni yaratib, bu zaminni obod etish va farovon qilish maqsadi bilan goho-goho o‘zining Payg‘ambarlarini yubordi va Payg‘ambarlarga o‘zining amri bilan Dinlarini tayin qildi. Shu asnoda O‘zining buyukligi, birligi, borligi, haqligini anglatishni maqsad qilib, insonlarning insoniylik fazilati bilan yashashi uchun, Payg‘ambarlarning qo‘liga ilohiy dastur - Kitoblarini nozil qilib qo‘ydi.
GO‘ZAL TARBIYA – OILADAGI SOG‘LOM VA NAMUNALI MUHITNING BARQARORLIGI
Islom dini avvalo go‘zal hulq va xushmuomalalikni targ‘ib qiladi. Musulmon kishining xulqi go‘zal bo‘lsa odamlar orasida hurmat va ehtiromga ega bo‘ladi. Kishining go‘zal xulqli yoki axloqsiz bo‘lib voyaga yetishi asosan uning ota-onasi bergan ta'lim-tarbiyasiga bog‘liq albatta.
“Sunnat” haqida qisqacha ta'rif
“Sunnat” so‘zi arab tilida “tariqat”, ya'ni “ma'naviy yo‘l” degan ma'noni anglatadi. “Falonchining sunnati” degani “uning hayotiy yo‘li” demakdir. Shundan kelib chiqib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, deganda u zotning tariqatlari, yo‘llari tushuniladi.
Rasulullohda go‘zal o‘rnak bordir
"Va albatta, sen ulkan xulqdasan" (Qalam. 4) deya O‘z mahbubi Payg‘ambarimizning naqadar chiroyli axloq egasi ekanliklarini ta'kidlagan Alloh taologa beadad hamdlar bo‘lsin.
MUS'AB IBN UMAYR Islomning avvalgi elchisi (7-qism)
Ha... Mus'ab bayroq bilan yerga yiqildi. Shahodat gavhari va shuhadolar yulduzi yerga quladi. Fidolik va imon jangida katta jasorat ko‘rsatganidan keyin yerga quladi. Agar o‘zi o‘ldirilsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam himoyasiz qoladi, keyin u zotni mushriklar qatl qilishlari uchun yo‘l ochiladi deb, qattiq xavsiragan edi.
Yoshlarni yot oqimlardan asrash va islom dinining mohiyati
Yoshlik ajoib davr, u har bir insonga bir marta beriladigan tengi yo‘q ne'matlardan biri bo‘lib, uning qadriga yetmoq kerak. Bu ne'matdan unumli foydalanib, o‘zining ilmiy va ma'naviy salohiyatini oshirib borgan inson o‘z zimmasidagi eng oliy vazifani uddalagan hisoblanadi.
ILM
Kishi xoru zabun bo‘lg‘ay jaholat nomli zillatdan,
Agar rohi ilmdin o‘zgadur “voy” harfi illatdan.




















