Axborot xizmati

Saxiy kishining taomi shifodir

Ro‘za buyuk ibodat va mo‘min uchun mislsiz imkoniyatdir. U kishida sabr, saxovat, iroda, to‘g‘riso‘zlik, tartib, nafsni jilovlash, shafqat, o‘zgalar dardi bilan yashash kabi yaxshi xulqlarni tarbiyalaydi. Bu ulug‘ ibodatning islomning besh ruknidan biri qilinishi ham bejiz emas. Zero, ro‘za o‘z sohibida misli ko‘rilmagan xislat va fazilatlarni shakllantiradi. Jumladan, muhtojlarga ko‘mak berishni ham.

 

Fitnachining asl yuzi ochildi!

27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” fondi haqida asossiz gaplar tarqaldi. Fond haqida turli gap-so‘zlar aytila boshlandi. Nima emish, vaqf mulklari sifatida o‘tkazib berilgan xonadonlarda Fond rahbari yashayotgani iddao qilingan.

 

Bolaning begonasi bo‘lmaydi

Mamlakatimizda har bir bola hech kimdan kam bo‘lmay ta'lim-tarbiya olishi uchun keng sharoitlar yaratilgan. Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o‘rni, mavqei va shuhrati bevosita farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liq. Hech kim ona qornidan yomon xulqli, jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Qachon bola e'tiborsiz tashlab qo‘yilsa, yomonlik ichida o‘ssa, badbaxtlikka yuz tutadi va halok bo‘ladi. Bunda gunoh yuki shu ko‘yga solganlarning, ota-onaning va jamiyatning zimmasiga yuklanadi.

 

Xo‘ja Nisbatdor jome masjidi tomonidan ehson tarqatildi

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. U unga zulm ham qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi. Kim o‘z birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan bir g‘amni forig‘ qiladi. Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi”, dedilar”.

 

Lohutiy jome masjidi imom xatibi bolajonlarni sayothga taklif qildi

Bugun, 24 may kuni Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom xatibi saxovatpesha insonlar bilan birgalikda Samarqand shahridagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan bir guruhini shahar bo‘ylab sayohatga olib chiqdi. Ular shahrimizning ko‘zga ko‘ringan maskanlari va ziyoratgohlariga tashrif buyurdilar. Ulkan ta’surot va quvonch bilan ortga qaytayotgan bolajonlarga yoz mavsumida kiyiladigan kiyim kechaklar xarid qilinib, sovg‘a qilindi. Sayohat yakunida ularning haqlariga duoi xayrlar qilgan masjid imom xatibi O‘tkirjon O‘mirqulov, "Biz sizni hech qachon unutmaymiz, siz bilan hamisha birgamiz. Siz ham Vatan uchun kerak ekaningizni hech ham unutmang", deya xayirlashdi.

 

Noxushliklarni islom shiorlariga bog‘lash-gunoh!

So‘nggi vaqtlarda Internet tarmoqlarida ayrim noxushliklarni islom shiorlariga bog‘lash – “imom unday bo‘ldi”, “masjid bunday bo‘ldi” deyish holatlari uchrayotgani ijobiy hodisa emas. Avvalroq “Denovda hamshahriga marixuana bergan masjid noibi qo‘lga olindi”, “Uyi tomsiz qolgan imomga yordam beraylik”, “Dahshatli alangadan mo‘jiza tufayli omon qolgan imom zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur” kabi maqolalar e’lon qilingan edi. Bulardan maqsad nima? Shunday noxolis yo‘l orqali ommaning e’tiborini jalb qilish yo nashr reytingini oshirishmi?

 

Otinoyilar ham saxovat tadbirlari o‘tkazishmoqda

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar Muborak Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi 1-son bolalar Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif asnosida bolajonlarni bayram bilan muborakbod etib, ulardan o‘ttiz ikki nafariga jami 2 850 000 so‘m qiymatga ega kiyim-kechak va o‘quv qurollari sovg‘a qildilar.

 

Vaqf fondlarining qo‘shma tadbiri o‘tkazildi

Joriy yil 23 may kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali hamda Turkiya davlatining Istanbul shahrida faoliyat olib borayotgan “Aziz Mahmud Xudoyi Vaqfi" tashkiloti tomonidan kam ta'minlangan oilalar va Viloyat Nogironlar jamiyatining a'zolariga Ramazon oyi munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda jami ellik nafar kam ta'minlangan va nogironlar jamiyati a'zolariga oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

Oila markazida uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati imom xatiblari viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘zaro kelishuv va reja asosida yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga nikoh, oilaning muqaddasligi, uning jamiyatdagi o‘rni, er-xotin va qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati kabi mavzularda tushunchalar berib kelmoqda.

 

Ramazon-bu imkoniyatlar oyi

Inson qadri har narsadan ulug‘. Kishilarni ezgulik, har qachongidan ko‘ra ko‘proq savob ishlarni amalga oshirishga da'vat etuvchi muqaddas oyni munosib o‘tkazish maqsadida viloyat imom xatiblari joylarda turli xil xayriya tadbirlari o‘tkazib, ehtiyojmand insonlarga moddiy va ma'naviy yordamlar ko‘rsatib kelmoqda.

 

Yana bir xayrli tadbir o‘tkazildi

O‘zbek xalqi azaldan ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotgan bolalarning boshini silab, ularga bag‘ridan joy bergani tarixdan ma'lum. Urush yillari front maydonlaridan ko‘chirib keltirilgan qariyb 1 million kishi yurtimizdan qo‘nim topdi. Ularning 200 mingi bolalar bo‘lib, o‘zbek oilalari quchoq ochib ularni o‘z tarbiyasiga oldi.

 

Xayriya ishlari davom etmoqda

Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan 61-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktabga tashrif buyurdi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali va homiylar ko‘magida maktab tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi. Maxsus maktabda tashkil etilgan tadbirda imom-xatib Abdumannonov Nursultonxon so‘zga chiqib, ilm va uning fazilatlari haqida gapirib, yurtimiz azal-azaldan dunyoga ustoz bo‘lgan ulamolari bilan mashhur bo‘lgani, yoshlarimiz ham ulug‘ ajdodlariga munosib voris bo‘lishga harakat qilishi lozimligini ta'kidladi.

 

Amallarning yaxshisi...

Kattaqo‘rg‘on shahrida hozirgi kunda beshta jome masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda xizmat qilayotgan imom xatib va boshqa xodimlar aholi turmush tarzini o‘rganish, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi Xayrullo Do‘smurodov boshchiligida imom xatiblar “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali hamda boshqa saxiy kishilar ko‘magi bilan Muborak ramazon oyida qator xayrli ishlarni amalga oshirdi. 25 dan oshiq xonadonga tashrif buyurildi. Ular orasida bemorlar, keksalar, boquvchisini yo‘qotgan va nogironlar mavjud. Ularning har biriga xayr-ehson qilindi. Ehtiyojmandlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar olti million so‘mdan oshdi. “Bu kabi ishlar davomli bo‘ladi, zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “Amallarning yaxshisi, garchi oz bo‘lsa ham, davomlisidir” (Buxoriy, Muslim rivoyati), – deganlar” deydi shahar bosh imom xatibi X.Do‘smurodov.

 

Qur’oni karim xatmlari bo‘lib o‘tmoqda

Xabaringiz bor bu yil Muborak Ramazon oyi davomida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 115 ta masjidlarda Xatmi Qur’on o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan ushbu oyning birinchi va ikkinchi o‘n besh kunligida o‘tkazilishi belgilan masjidlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ular reja asosida o‘z ishlarini davom ettirmoqda. 19 may tunda taroveh namozining 15-si o‘qildi. Birinchi o‘n besh kunlikka mo‘ljallangan 45 ta masjidlarda shu kuni Xatmi Qur’onlar o‘z nihoyasiga yetdi. Xatmi Qur’onlarda ishtirok etgan namozxonlar Qur’oni karim xatmidan so‘ng qilinadigan duolarning ijobatidan umid qilgan holda, ibodatlarni qabul bo‘lishi, tinchlik-ofiyat, fayzu barka va xatolarni mag‘firat etilishini so‘rab duoi xayrlar qildilar

 

Imom Buxoriy majmuasida ilk mehmonxona qurilishi boshlandi

Yurtimizning ko‘hna me’moriy va tarixiy obidalari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli xorijiy sayyohlar safi tobora kengaymoqda. Imom Buxoriy majmuasining qayta ta’mirlanishi, kengaytirilishi, obod qilinishi yurtimizning turizm salohiyatini tobora yuksaltiradi. Imom Buxoriy majmuasi atrofida ziyoratchilar uchun zamonaviy, barcha talabga javob bera oladigan infratuzilma yaratish maqsadida bosh reja ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bosh rejaga ko‘ra, majmua yaqinida qariyb bir kilometrlik xiyobon yaratiladi, xiyobon bo‘ylab 26 ta mehmonxona bunyod etiladi. Ana shu ishlarning dastlabkisiga bugun birinchi tamal toshi qo‘yildi. Imom Buxoriy majmuasi yonida dunyoga mashhur Indoneziya mamlakatining “SAHID HOTELS & RESORTS” kompaniyasi mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda besh yulduzli mehmoxona qurishni boshladilar. Ushbu binoning poydevorini qo‘yish marosimida Samarqand viloyat hokimligi, xorijlik investorlar, mahalliy tadbirkorlar va Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ishtirok etdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing