O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Oila markazida uchrashuv o‘tkazildi

 
 

Samarqand viloyati imom xatiblari viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. O‘zaro kelishuv va reja asosida yangi oila qurish ostonasida turgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga nikoh, oilaning muqaddasligi, uning jamiyatdagi o‘rni, er-xotin va qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabatlar, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati kabi mavzularda tushunchalar berib kelmoqda.

Samarqand shahar “Obi Rahmat” jome masjidi imom xatibi Akmal domla Mamatqulov ana shunday tadbirda ishtirok etdi. Uchrashuv jarayonida qatnashchilarga “Oilada er va xotinning zimmasidagi majburiyatlar” mavzusida ma'ruza qildi. O‘zaro savol-javob asosida o‘tgan davra suhbati yosh oila quruvchilarga har tomonlama manfaatli bo‘ldi.

Dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy e'tibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini ta'minlash uchun dinimiz Islom o‘ziga xos qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ygan. Oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va a'zolari bo‘lmish er va xotinning har biriga o‘ziga xos burch va vazifalarni yuklagan, bir-birlariga nisbatan haq va huquqlarni belgilab bergan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilishsa, bir-birlariga nisbatan zimmalaridagi burch va mas'uliyatlarini his qilib, sidqidildan ado etishsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 22/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1327
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/oila-markazida-uchrashuv-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 16:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing