Axborot xizmati

Bo‘lajak hojilar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda

“Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarga joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini saqlash, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, yoshlar tarbiyasi hamda tinchlik, osoyishtalikni ta'minlashda hojilar oldida turgan vazifalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili Z.Eshonqulov hamda vakil o‘rinbosari X.Sattarovlar ishchi guruh bilan joylarda bo‘lib, Haj ziyoratini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar tomonidan olib borilgan ishlar holatini o‘rganish, ularga tavsiyalar berish yuzasidan suhbatlar o‘tkazmoqda.

 

Muftiy hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy masjidida juma namozini ado etdi

Bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari juma namozini ado etish uchun Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi “Abduxoliq G‘ijduvoniy” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ushbu tabarruk jomeda muborak kun ibodatini ado etish uchun yuzlab namozxonlar jam bo‘ldilar.

 

Muftiy hazrat Samarqand viloyati masjidlarida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohligida joylardagi masjidlarning holati, namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda imom xatib va namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga 28 mart kuni tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlari tashrif chog‘ida tumandagi “Xo‘ja Abdurahmon” jome masjidida bo‘lib, masjidda namozxonlar uchun yaratilgan sharoit, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda masjid kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Kattaqo‘rg‘on tuman va shahar bosh imom xatiblari hamda “Xo‘ja Abdurahmon” jome masjidi imom xatibi bilan suhbatlashdilar. Tumandagi masjidlarning holati, kamchilik yoki muammolari va takliflar bo‘yicha fikr almashdilar. Muftiy hazratlarining hudular bo‘ylab safari davom etmoqda.

 

Samarqand viloyati imom xatiblari o‘zlari ta'lim olgan o‘quv muassasalariga kitoblar sovg‘a qilmoqdalar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida navqiron avlod o‘rtasida kitobga mehrni uyg‘otish tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlash maqsadida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘zi tahsil olgan Urgut tumanidagi 54-umumta'lim maktabiga shaxsiy kitobalridan 13 dona sovg‘a qildi. Viloyatdagi barcha imom xatiblari ham ta'lim muassasalari, xususan, o‘zlari o‘qigan maktablar kutubxonasiga shaxsiy javonidan kitoblar sovg‘a qilmoqdalar.

 

Imom Buxoriy majmuasi va Hadis ilmi maktabiga ulamolar tashrif buyurdilar

Bugun, 27 mart kuni Samarqand viloyatida “Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar doirasidagi tadbirlar boshlandi. Avval muftiy hazratlari boshchiliklarida taniqli ulamolar, bosh imom-xatiblar, tajribali imom-xatiblar va madrasalar mudirlari Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar.
Tashrif avvalida Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinib, savobi Imom Buxoriy ruhi poklariga baxshida etildi.

 

Hadis ilmi maktabiga zamonaviy avtobus topshirildi

Bugun, 27 mart kuni Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabiga zamonaviy avtobusni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov zamonaviy avtobusni Hadis ilmi maktabiga topshirish chog‘ida davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan ushbu ta’lim dargohini tashkil qilinishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotining bugungi bosqichida muhim ahamiyat kasb etishi, kelgusida ushbu maktabdan hadis olimlari yetishib chiqishiga tilak bildirdi.

 

Ulug‘ mufassir va mashhur tafsirga bag‘ishlangan seminar

Bugun, 27 mart kuni Samarqand viloyatida “Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari” mavzusidagi diniy soha xodimlarining ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari mavzusida seminar

Prezidentimiz rahnamoligida Imom Buxoriy majmuasida qisqa vaqt davomida xalqaro ilmiy markaz va buyuk ajdodlarimiz asos solgan hadis ilmi oliy maktabi tashkil etilgan edi. Yurtboshimiz Samarqand viloyatidagi tashriflari chog‘ida bir qator tashabbus va takliflarini bildirib, xususan, hadis ilmi maktabi talabalarining respublikamizdagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarga sayohatini amalga oshirishlari, ilm-fan sirlarini puxta o‘zlashtirishlariga yordam bo‘lishi uchun yanada ko‘proq shart-sharoit yaratish zarurligini ta'kidlagan edilar.

 

Sayyor qabul o‘tkazildi

26 mart kuni Urgut tumanidagi “Urgut iqtisodiyot kolleji” binosida Urgut tuman aholisi bilan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Savol, mulohaza va takliflarga boy o‘tgan uchrashuvda viloyat mutasaddi idoralar xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov ishtirok etdi.

 

Imkoniyati cheklangan shaxslar ziyorat qildilar

Samarqand viloyatida eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan insonlar bilan diniy-ma’rifiy suhbatlar uzviy davom etib kelmoqda. Ularga Islom dinining insonparvar g‘oyalari haqida keng tushunchalar berish bilan bir qatorda ularning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga ham quloq tutib, imkon qadar ko‘mak berishga harakat qilinmoqda. Hafta mobaynida bir necha bor Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is’hoq Valiy” jome masjidi imom xatibi Yo. Mansurov tomonidan shu kabi suhbatlar o‘tkaziladi. 25 mart kuni ana shunday suhbatdan so‘ng eshitish va gapirish qobiliyati cheklan 110 nafar fuqarolarga jome masjid hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filali hamkorlikda Imom Buxoriy majmuasiga sayohat tashkil qildi. Sayohatchilar dastlab muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning qabrlarini ziyorat qilib, u zotning haqlariga tilovat va duo qilindi. Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berildi. Shundan so‘ng, Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat ularning hayotida ilk bor bo‘layotganidan hamda o‘zlariga qaratilgan e’tibordan mamnun bo‘lib, ziyorat ularning xotiralarida o‘chmas ta’surotlar qoldirganligini izhor qildilar.

 

Ehson qiluvchilar uchun katta mukofot bordir

Muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish ham farz, ham qarz amallardandir. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali rahbari Aziz Sultonov hamda filial tasarrufidagi “Murod Avliyo” masjid ziyoratgohi tomonidan shahardagi Afrosiyob, Yangiravot MFYlarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq ovqat mahsulotlari va pul mablag‘lari ehson qilindi.

 

O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SYOYOHAT QIL

Ushbu shior ostidagi dastur asosida O‘zbekiston musulmonlari iodarasi Samarqand viloyat vakilligi tashabbusi bilan Shahrisabz tumaniga 24 mart kuni sayohat uyushtirildi. Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida viloyatdagi shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda faxriy ustoz imomlar sayohatda qatnashdilar.

 

Xayrli va savobli ishda musobaqalashaylik

“Vaqf” xayriya jamoat fondining joylardagi filiallari tomonidan jamoatchilik hamda e’tiborga muhtoj kishilarga saxovatpesha insonlarni jalb etgan holda yordam berib kelmoqda. Fondning Samarqand viloyat filiali hamda Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi xodimlari va "Murod Avliyo" masjid ziyoratgoh rahbari Xusenov Faxriddinlar tomonidan bir qancha xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand shahar “Imom Vose” mahalla aholisiga umumxalq “Navro‘z” bayrami munosabati bilan bir bosh qo‘y berildi. Samarqand shahar "Nayman" MFY da istiqomat qiluvchi besh nafar nogironlarga hamda "Xonchorbog‘" MFY da yashovchi besh nafar kam ta’minlangan oilalarga hammasi bo‘lib 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘mlik oziq-ovqat va ehson tarqatildi.

 

Ro‘zg‘or aksiyasining kelajak rejalari

“Vaqf“ xayriya jamoat fondi “Ro‘zg‘or“ aksiyasining kelajakdagi rejalari:

 

Ko‘makka muhtoj insonlar Fond faoliyatidan mamnunlar

Insonlarning dardini eshitish, mushkulini oson qilish azaldan xalqimizda e’zozlangan yuksak insoniy fazilatlardan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing