O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xo‘ja Nisbatdor jome masjidi tomonidan ehson tarqatildi

 
 

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. U unga zulm ham qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi. Kim o‘z birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan bir g‘amni forig‘ qiladi. Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi”, dedilar”.

Ushbu hadisdan ko‘rinib turibdiki, musulmon musulmon bilan aka-uka kabidir. Insonlar hayotlari davomida doimo bir-birlariga yordam berib yashaydigan jamiyat kuchli jamiyat bo‘ladi. Chunki o‘zaro yordam kishilar orasidagi aloqalarni yaxshilaydi, ularni do‘st-birodar qiladi, turli qiyinchiliklarni hamkorlik bilan bartaraf qilishni o‘rgatadi. Samarqand shahar “Xo‘ja Nisbatdor” jome masjidi imom xatibi B.Boboxonov ham masjid jamoasi bilan saxovatpesha insonlarni jalb etgan holda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Ular tomonidan Ramazon oyi davomida ana shunday xonadonlardan o‘ttiztasiga jami 4 700 000 so‘mlik oziq ovqat mahsulotlari va boshqa ehsonlar qilindi.

Bir jamiyatda yashaydigan kishilar orasida bir-biriga ma’ruf ish - yaxshilik qilish Islomning muomala bobidagi bosh ta’limotlaridan hisoblanadi. Ma’ruf ish birovning hojatini chiqarish, qiyin holatda yordam berish, obro‘sini himoya qilish, hadya-yu ehson qilib turish va shunga o‘xshagan musulmonlar bir-birlariga qiladigan barcha yaxshiliklardir.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 24/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1549
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xoja-nisbatdor-jome-masjidi-tomonidan-ehson-tarqatildi
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 04:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing