Axborot xizmati

Sof islom bilan buzg‘unchi oqimlarning yo‘llarini adashtirib qo‘ymang!

Muqaddas dinimizning asl mohiyatini o‘rganishni bugungi hayotning o‘zi taqozo qiladi. Chunki dinning asl mohiyatini bilmagan yoshlar bugun  noxolis, ishonchsiz manbalardan Islomni o‘rganishga harakat qilayotganlari, buning natijasida har xil buzg‘unchi oqimlarning ta'siriga tushib qolayotgani sir emas.

 

ILMNI YETKAZISH FAZLILATLI AMAL

Hozirgi imom-xatib nafaqat masjidda jamoatga namoz o‘qib berishi, ma'raka marosimlarda ishtirok etishi, balki aholi, ayniqsa yoshlarning ta'lim tarbiya, odobu axloq, dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishida o‘z hissasini qo‘shib bormog‘i lozim.

 

IHT Inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasi delegatsiyasi Xo‘ja Ismoil shaharchasida

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan ayni kunlarda Toshkent shahrida Islom Hamkorlik Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasining oltinchi seminari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Harbiylar bilan davra suhbati o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on shahar “Muhammad Naqibbek” masjidi imom xatibi Anvar qori Nazarov ishtirokida Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan harbiy qismda barcha pog‘onadagi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari bilan “Vatanni himoya qilish, bu yo‘lda harbiy xizmatni joriy etish islom dinida farz darajasiga ko‘tarilgan ibodatdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

SHUKURJON ZUHUROVNING TASHRIFI

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov 8 oktyabr kuni Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

 

“Vaqf” fondi yana bir oilaga yordam berdi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat fililali hamda filialga qarashli “Hazrati Dovud” ziyoratgohi xodimlari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘ida yashovchi Fozilov Abdurahimning yashayotgan uyining tom qismi to‘liq ta'mirlab berildi. Bir qismi qismi shifer, qolgan joylari loy suvoq bo‘lgan tom to‘liq tunuka bilan yopildi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun yetti million ikki yuz ming so‘m pul sarflandi.

 

Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon

1856 yili Toshkentda ulamo oilasida tug‘ilgan. Otasi Abdulmajidxon eshon taniqli olim, mashhur “Mo‘yi Muborak” madrasasi mudarrisi, bobosi Yunusxon ibn Ayubxon mudarris va shayxulislom bo‘lishgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasidagi mashhur ustozlardan, xususan, Domla Ikromchadan tahsil oldi. Umr bo‘yi ilm talabida bo‘lib, tafsir, hadis, aqida, fiqh ilmlari bilimdoni, Movarounnahrning atoqli olimlari va din arboblaridan bo‘lib yetishdi. Bir necha yil “Mo‘yi Muborak” jomeida imom-xatib va mudarris bo‘ldi, naqshbandiya tariqati sulukini yuritdi.

 

Bulung‘ur tumanida xatna-sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Bulung‘ur tuman bosh imom xatibi To‘lqin hoji Ravshanov boshchiligida tumandagi to‘rt nafar va boshqa tumanlardan o‘n sakkiz jami yigirma ikki nafar  kam taminlangan oila farzandlariga homiylarni jalb qilgan holda xatna to‘yi o‘tkazildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

 

TO‘Y-MA'RAKALARDAGI BID'AT VA DABDABOZLIKNING SALBIY OQIBATLARI

Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom xatibi O‘tkir Umirqulov shahardagi “Xalifa Ibrohim” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan “To‘y va ma'rakalarda bid'at-xurofotlar, dabdabozlik va isrofdan saqlanaylik “mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

 

Islom insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga undaydi

Yurtimizda barcha sohalar kabi diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda har bir imom-xatib o‘z bilim va salohiyati bilan din rivoji va xalq farovonligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmog‘i lozim.

 

Jaholatdan ko‘ra zararliroq narsa yo‘q

Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Jaholat va johillikning davosi – bir qancha bo‘lib, ulardan eng asosiysi – kitob o‘qishdir.

 

“TAFSIRI IRFON” KITOBINING TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TMOQDA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qalamlariga mansub “Tafsiri Irfon” nomli Qur'oni karim oyatlarining o‘zbekcha tarjimasi va tafsiri to‘liq holda, 30 juzi 6 ta kitob qilinib nashr etilgani haqida xabar qilingan edi.

 

Bolalarga xursandchilik ulashildi

Qo‘shrabot tumani “Qovunchi” mahallasida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan oilaniing uch nafar farzandi va kam ta'minlangan yana uch nafar oilalarning farzandaliriga “Qovunchi” jome masjidi imom xatibi Ahmedov Amriddin homiylar bilan birgalikda 6 dona velosiped ehson qildi.

 

Mahallaga barchamiz birdek mas'ulmiz

Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni turli tahdidlar, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm kabi xatarlarning o‘nglab bo‘lmas ta'sirlaridan himoya qilish va ularni har jihatdan yetuk insonlar etib kamolga yetkazish bugun har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi.

 

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni orasida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari jahonning eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatidan joy oldilar. Bu haqda «The muslim 500» nashri xabar bermoqda.

Ummonda joylashgan Sultonlik Islomiy ctrategik tadqiqotlar markazi tomonidan shu yilning 30 sentyabr kuni "Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni" ro‘yxati e'lon qilindi.

Ushbu ro‘yxat 2009 yildan beri Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda muntazam ravishda chop etib kelinadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing