Sof islom bilan buzg‘unchi oqimlarning yo‘llarini adashtirib qo‘ymang!
Muqaddas dinimizning asl mohiyatini o‘rganishni bugungi hayotning o‘zi taqozo qiladi. Chunki dinning asl mohiyatini bilmagan yoshlar bugun noxolis, ishonchsiz manbalardan Islomni o‘rganishga harakat qilayotganlari, buning natijasida har xil buzg‘unchi oqimlarning ta'siriga tushib qolayotgani sir emas.
Samarqand shahar Botir Zokirov mahalla fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Xo‘ja abdu Mo‘min” jome masjidi imom xatibi Jahongir Xatamov yig‘ilganlarga “Bugun ijtimoiy tarmoq yoki boshqa ishonchsiz manbalar orqali Islom diniga taalluqli biror yangilikka guvoh bo‘lsangiz unga ishonib ketavermasdan soha mutahassislariga murojaat qiling, so‘rang. Sof islomiy aqida bilan dinni niqob qilib din hukmlarini noto‘g‘ri talqin qiluvchi buzg‘unchi oqimlarning yo‘llarini adashtirib qo‘ymang! To‘g‘riligini bilganingizdan keyingina amal qilishingiz mumkin. Dindan to‘liq xabari bo‘lmagan yoki dinni niqob qilib din hukmlarini noto‘g‘ri talqin qiluvchilarning yo‘llariga kirib adashib qolmang. Dono xalqimiz: “So‘rab o‘rgangan – olim, orlanib so‘ramagan – o‘ziga zolim”, deb bejiz aytmagan”, deya tushunchalar berdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 11:47; Ko‘rilganligi: 1285
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 16:14