O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

TO‘Y-MA'RAKALARDAGI BID'AT VA DABDABOZLIKNING SALBIY OQIBATLARI

 
 

Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi imom xatibi O‘tkir Umirqulov shahardagi “Xalifa Ibrohim” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan “To‘y va ma'rakalarda bid'at-xurofotlar, dabdabozlik va isrofdan saqlanaylik “mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

“Ha, albatta, jamiyatda turli xil illatlar avj olayotgan bir vaqtda imom xatiblar, ziyolilar va jamoatchilik jimgina tomoshabin bo‘lib turishi xiyonat hisoblanadi. Shari'atimizda bajarishga ko‘rsatma berilmagan amallarni “bu ish savobli” deya qilsak, kimo‘zar, dabdabozlik, isrof bilan qilingan to‘y-hashamlarni “bu urf-odat” deb aytsak, ham dinimiz ham an'analarimizga tuhmat bo‘ladi. Ma'arka-marosim, to‘y hashamlardan murod – xayr, ehson qilishdir. Riyo-yu, isrofdan xoli bo‘lmagan, shari'atimiz ko‘rsatmagan amallar bid'atdir, katta gunohdir”, kabi so‘zlar bilan va hayotiy misollar hamda islom dini ta'limotlarida ko‘rsatilgan ahkomlar bo‘yicha imom xatib O‘.Umirqulov yig‘ilganlarga tushuncha berdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/10/2019 15:36;   Ko‘rilganligi: 1238
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/toy-marakalardagi-bidat-va-dabdabozlikning-salbiy-oqibatlari
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing