O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SHUKURJON ZUHUROVNING TASHRIFI

 
 

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov 8 oktyabr kuni Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

Shundan so‘ng yuksak martabali mehmon Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Markaz muzeyi bilan tanishuv va ilmiy xodimlar bilan suhbat chog‘ida o‘zaro ishonchga asoslangan oliy darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikni yuksak pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilgani, Tojikiston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalili ekani ta'kidlandi.

Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishgan Shukurjon Zuhurov bu yerdagi sharoitga yuksak baho berib, ilmiy xodimlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Manba: IBXITM Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 08/10/2019 14:26;   Ko‘rilganligi: 819
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/shukurjon-zuhurovning-tashrifi
Chop etilgan vaqti: 21/02/2024 03:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing