O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon

 
 

1856 yili Toshkentda ulamo oilasida tug‘ilgan. Otasi Abdulmajidxon eshon taniqli olim, mashhur “Mo‘yi Muborak” madrasasi mudarrisi, bobosi Yunusxon ibn Ayubxon mudarris va shayxulislom bo‘lishgan. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasidagi mashhur ustozlardan, xususan, Domla Ikromchadan tahsil oldi. Umr bo‘yi ilm talabida bo‘lib, tafsir, hadis, aqida, fiqh ilmlari bilimdoni, Movarounnahrning atoqli olimlari va din arboblaridan bo‘lib yetishdi. Bir necha yil “Mo‘yi Muborak” jomeida imom-xatib va mudarris bo‘ldi, naqshbandiya tariqati sulukini yuritdi.

1943 yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining  yagona diniy boshqarmasi tashkil etilib, bu ishning tashkilotchisi Eshon Boboxon bir ovozdan boshqarma raisi va muftiy etib saylandi.

1957 yili Toshketda vafot qilgan. Hazrati Imom majmuasidagi Abu Bakr Qaffol Shoshiy qabri yaqiniga dafn etilgan.

Manba:O‘zbekiston musulmonlari idorasi kitobi, 12 bet.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 07/10/2019 20:24;   Ko‘rilganligi: 1170
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/shayx-eshon-boboxon-ibn-abdulmajidxon
Chop etilgan vaqti: 01/03/2024 00:45
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing