Xabarlar

Muborak oydagi ulug‘ safar

Hadisi sharifda "Ramazonda qilingan umra (savobi) hajga teng", deya marhamat qilingan

Joriy yilning 12 iyun kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2017” ziyoratining Ramazon mavsumi ziyoratchilari ana shunday ulug‘ savobga ega bo‘lish umidida viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar. Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtimom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchi otaxonu onaxonlar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ularga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.

 

Shavkat Mirziyoev: yangi markaz islom madaniyati taraqqiyotiga xizmat qiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Tashkil etiladigan yangi markaz islom madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib qilish, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib yetishishi, navqiron avlodning qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishdek yuksak tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi.

Prezidentimizga bunyod etilayotgan markazning umumiy konsepsiyasi, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Muborak Ramazon oyida bunday ezgu ishlarni boshlash va amalga oshirish har jihatdan xayrli va maqsadga muvofiqdir, dedi davlatimiz rahbari. Pok niyatlar bilan boshlagan ishimiz o‘z mevasini beradi. Yana bir jihatga alohida e’tibor berish kerak. Imom Buxoriy majmuasiga ziyoratga keluvchilar markazga ham kiradi, ular haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar olsin.

Loyihalarda majmua atrofini obodonlashtirish, yo‘llarni kengaytirish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish va ta’mirlash lozimligi o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston Prezidenti 21 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammiti doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil qilish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan bugun tizimli ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari Payariq tumanida aholi uchun ikki va uch qavatli arzon uy-joylar qurish loyihasi bilan ham tanishdi.

Prezidentimiz Payariq tumanidagi "To‘polos" fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. Fermer va dehqonlar bilan suhbatlashdi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi bilan qiziqdi. Paxta va g‘alla maydonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoev raisligida viloyat rahbarlari, mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

 

Xayriya ishlari tizimli olib borilmoqda

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Samarqand viloyati imom xatiblari tomonidan qator xayriya ishlari olib borildi va hozirda ham davom ettirilmoqda. Imom xatiblar bu oy davomida xalqimizga xos fazilatlarga amal qilib, Mehribonlik, Saxovat va Muruvvat uylariga tashrif buyurmoqdalar, kam ta’minlanganlar, bemorlar, muhtoj oilalar holidan xabar olmoqdalar. Ularga muruvvat yordamlari ko‘rsatilmoqda.

 

Tashriflar davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, Ramazon oyining ilk kunidan boshlab Samarqand viloyati vakilligi rahbariyati tomonidan shahar va tumanlardagi masjidlarga tashriflar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Ramazon muborak oy

Jonajon diyorimizga oylarning sayyidi, o‘n ikki oyning sultoni muborak Ramazon oyi shukuhi kezib yuribdi. Yurtdoshlarimiz shu muborak oyning savoblaridan umidvor bo‘lgan holda toat-ibodatda bardavom va xayr-saxovat ishlarida peshqadam bo‘lmoqdalar.

 

Sahovat oyidagi ezgu amallar

2017 yil 1 iyun kuni muborak Ramazon oyi hamda Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi hamda viloyat imom xatiblari kopmleks xayriya ishlarini tashkil etdilar. Jumladan:

 

G‘animat damlar besamar ketmasin

Ma’lumki, 2017 yilning 27 mayidan jannatmakon diyorimizga oylarning sayyidi, o‘n ikki oyning sultoni muborak Ramazon oyi kirib keldi.

 

Chegara hududlarga tashrif

2017 yil 2 iyun juma kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi rahbariyati, iqtidorli imom-xatiblar Urgut va Bulung‘ur tumanining chegara va chegaraoldi hududlarida joylashgan masjidlarda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili hamda Ramazon oyi munosabati bilan juma namozini ado etib berish, masjid sharoiti bilan tanishish, namozxonlar kafiyatini o‘rganish maqsadida xizmat safarida bo‘ldilar.

 

Qadrli oydagi qutlug‘ tashrif

Muborak Ramazon oyi yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha tarovat ila davom etmoqda. Yurtdoshlarimiz go‘zal va shinam masjidlarda emin-erkin, tinchlik-xotirjamlikda ibodatlarni amalga oshirmoqdalar. Har bir namozxon qalbida rozilik, shundayin diyorni nasib etgan, uni ofiyatu noz-ne’matlar bilan o‘ragan Alloh taologa shukronalik jo‘sh urub turubdi.

 

Masjidlarga tashrif davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati vakilligi rahbariyati tomonidan shahar va tumanlardagi masjidlarga tashrif rejalashtirilgan va hozirda bu jarayon tizimli olib borilmoqda. Jumladan,

 

Masjidlar sharoiti o‘rganilmoqda

Ramazon oyi ibodat oyi, Qur’on oyi bo‘lish bilan bir qatorda mutasaddilar uchun mas’uliyat oyi hamdir. Masjidlarda namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, taroveh namozi va Xatmi Qur’onlarning tinch-osuda o‘tishini ta’minlash maqsadida viloyat vakilligi, shahar va tuman bosh imomlari hamda masjid imom xatiblari barcha kerakli ishlar, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan,

 

Xo‘ja Abdu Darun masjidida Xatmi Qur’on tarovati

Muborak Ramazon oyi viloyatimiz bo‘ylab o‘zgacha shukuh va tarovat bilan davom etmoqda. Viloyatdagi 285ta masjidda taroveh namozlari ado etilayotgan bo‘lib, shulardan 66 tasida Xatmi Qur’onlar bo‘lib o‘tyapti. Samarqanddan va yurtimizning boshqa viloyatlaridan kelgan qorilar o‘zlarining puxta hifzlari va yoqimli ovozlari bilan namozxonlarni xushnud etmoqdalar.

 

Ramazon oyi oldi yig‘ilishi

2017 yil 24 may kuni Samarqand viloyati vakilligi hamda shahar va tuman bosh imomlari, Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari hamda Xatmi Qur’on o‘tkaziladigan masjid imomlari, xatmga o‘tadigan qorilar ishtirokida Ramazon oyi oldidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Imom xatiblar faoliyatidan

Ezgulik shiorimiz bo‘lsin

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik kabi illatlardan kishilarni himoyalash, aholini moddiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab quvvatlash ishlarida imom-xatiblarning ham salmoqli hissalari qo‘shilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Bugungi kunda ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha sohalarda katta yutuq va marralarni qo‘lga kiritayotganini, diyorimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni, fayz va qut-barakani xalqimiz avvalambor Yaratganimizning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va rozilik bilan qabul qilmoqda.

El-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:

1. 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uyg‘un tarzda o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz arkonlarini e’zozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, totuv va bahamjihat bo‘lib yashashga da’vat etadigan savobli amallar va targ‘ibot ishlari tashkil etilsin.

Ushbu qutlug‘ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoev


Toshkent shahri,
2017 yil 19 may

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing