Tashriflar davom etmoqda
Avval xabar qilganimizdek, Ramazon oyining ilk kunidan boshlab Samarqand viloyati vakilligi rahbariyati tomonidan shahar va tumanlardagi masjidlarga tashriflar amalga oshirib kelinmoqda.
6-7 iyun kunlari Samarqand shahridagi “Namozgoh” hamda “Ruhobod” masjidiga tashrif buyurgan viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Yoqubjon Mansurov doimgidek masjidlar holati, ibodat uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, yig‘ilganlarga Ramazon fazilati, tanchligimizni qadrlash, ota-onaga yaxshilik qilish, Alloh taoloning buyuk ismu-sifatlari ma’nosi to‘g‘risida qisqa ma’ruza qildilar.
Tashrif asnosida masjid imom xatiblariga masjid hovlisi va tahoratxonasini toza - ozoda tutish, taroveh namozini ado etishda namozxonlarga qulayliklar yaratib berish, ogohlik va hushyorlikni oshirish to‘g‘risida birqancha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida maslahat va topshiriqlar berildi.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 07/06/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2409
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 16:48