Muborak oydagi ulug‘ safar
Hadisi sharifda "Ramazonda qilingan umra (savobi) hajga teng", deya marhamat qilingan
Joriy yilning 12 iyun kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2017” ziyoratining Ramazon mavsumi ziyoratchilari ana shunday ulug‘ savobga ega bo‘lish umidida viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar. Ularni kuzatish jarayoni alohida ehtimom va ko‘tarinki kayfiyat bilan tashkil etildi. Ziyoratchi otaxonu onaxonlar dastlab vakillik binosiga to‘plandilar. U yerda ularga Samarqanddan boshlab Saudiya Arabistonigacha bo‘lgan safar qoidalari va manzilga yetib borganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yana bir bor qisqacha eslatib o‘tildi. So‘ngra ularni yo‘lga kuzatish ishlari boshlandi. Zamon talablariga to‘liq mos keladigan, qulay sharoitli avtobusga chiqqan ziyoratchilarning yuzlarida xursandchilik, zavqu-shavq, shukronalik balq urub turardi. Ularni Samarqanddan viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari vakillari, viloyat vakilligi xodimlari va ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qolishdi.
Ziyoratchilar 13 iyun kuni erta tongda Toshkent xalqaro Aeroportidan Saudiya Arabistoniga qarab uchib ketadilar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 12/06/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 2561
Chop etilgan vaqti: 27/04/2025 22:17