O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Dinlararo muloqot konferensiyasi

 
 

Joriy yilning 10-12 sentyabr kunlari Germaniyaning Myunster va Osnabryuk shaharlarida samoviy dinlar ulamolari ishtirokida “Terrorizmga qarshi kurash va butun dunyoda tinchlikni saqlash” mavzusida “Dinlararo muloqot” nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro Konferensiyani Germaniya kansleri Angela Merkel honim ochib beradi.

Ushbu muhim tadbirda Afrika davlatlari nomidan Nigeriya Prezidenti Muhammad Buxoriy, Yevropa Parlamenti vakili Antoni Tayanilar tashrif buyurishadi.

Mazkur konferensiya muloqot mavzusining markazida dinlararo va madaniyatlararo muloqot, tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda farqlanishlarga barham berish masalalari qo‘yilgan.

Konferensiya tashkilotchilaridan biri: “Din bu – tinchlik va osoyishtalikni ta’minlaydigan, o‘z o‘rnida, odamlarni bag‘rikeng bo‘lishga chaqiradigan muqaddas ta’limotlar yig‘indisidir. Ushbu konferensiya samoviy din vakillari o‘rtasida o‘zaro birdamlik muhitini shakllantiradi”, deya ta’kidlab o‘tdi.

3 kun davom etishi kutilayotgan ushbu xalqaro konferensiyaning tantanali yopilish marosimi 12 sentyabr kuni Osnobryuk shahar hokimligi binosi qarshisida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi

xalqaro aloqalar bo‘limi


Kiritilgan vaqti: 14/07/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2416
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/dinlararo-muloqot-konferentsiyasi
Chop etilgan vaqti: 11/12/2024 23:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing