Alloh taologa farzlardan keyingi eng sevimli amal
Umr insoniyatga berilgan eng bebaho ne’matdir. Insonning yaralishi, hayot kechirishi va oxir-oqibat dorulfanodan dorulbaqoga rihlat etishi Alloh tomonidan joriy qilib qo‘yilgan o‘zgarmas qonundir. Insonga umr o‘zi nima uchun beriladi, inson bu umrda nimalar qilishi kerakligiga Alloh taboraka va taolo Qur’oni Karimning “Mulk” surasida mana bunday marhamat qilgan:
Samarqand viloyati masjidlarida taroveh namozi shukuhi
Joriy yil Samarqand viloyatidagi jami 285 ta masjidlarda taroveh va Xatmi Qur’on namozlari o‘qiladi. Hozirgi kunda 70 ta jome masjidlarda Xatmi Qur’on bo‘lib o‘tmoqda. Yana Ramazon oyining ikkinchi o‘n besh kunligida 45 ta jome masjidlarda Xatmi Qur’on o‘qilishi rejalashtirilgan. Quyida joylardagi taroveh nomozlaridan fotolavhalarni ko‘rishingiz mumkin:
Faxriylar hamisha ardoqda
Samarqand tumani Arabxona mahallasida istiqomat qilayotgan, besh nafar farzandning otasi, qirqta nabira va abiraning bobosi Ochilov Ahad bobo II jahon urushining suruvli yillarida fashist bosqinchilariga qarshi jang olib borgan. Urushdan qaytganidan so‘ng yosh avlodga ilm-ma’rifat ulashib, ma’orif sohasida mehnat qildilar. Bugun tinchlik hukm surayotgan, farovon kunlarda yoshlar, farzandlari haqqiga, yurtimiz kelajagining porloq bo‘lishiga duo qilib, qarilik gashtini surmoqdalar. Avlodlari, mahalla ahlining ardog‘ida bo‘lgan Ahad boboni Samarqand tuman “Arabxona” jome masjidi imom xatibi Abduzohid Rizayev ham ziyorat qilib, u kishining xotiralari, ko‘rgan-kechirganlaridan iborat hikoyalaridan bahramand bo‘ldi. Nasihatlariga quloq tutib, duolariga sazovar bo‘ldi.
Oylarning sultoni Ramazon muborak bo‘lsin!
2019 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori matbuotda e'lon qilinib, unda: Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma'naviy poklik, shukronalik fazilatlarini e'zozlash, hozirgi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilish, ahil va hamjixat bo‘lib yashashga da'vat etadigan hamda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma'rifiy tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etishga;
Umra ziyorati davom etmoqda
Har bir mo‘min-musulmon kishining orzusi Haj va Umra ziyoratini ado etishdir. So‘ngi vaqtlarda fuqarolarimizning ushbu ziyoratlarni ado etishi uchun qulay shart-sharoitlar hozirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning samarasi o‘laroq Samarqand viloyatidan safarga chiqqan navbatdagi ziyoratchilar guruhi hozir Makka shahrida bo‘lib turibdilar. Ular dastlab umra amallarini bajardilar. Ziyoratchilarimizga bugun Makka shahridagi Savr va Nur tog‘lari, Arafot maydoni, Mino, Muzdalifa vodiylariga sayohat uyushtirildi. Samarqand viloyatidan Umra ziyoratiga borgan fuqarolarga guruh rahbari bo‘lib turgan viloyat bosh imom xatibining o‘rinbosari X.Sattarov Samarqandlik ikkita va Farg‘ona viloyatidan borgan uchta guruhga ushbu ziyorat chog‘ida rahbarlik qildi hamda ziyoratchilarga ushbu maskanlarning islom tarixidagi ahamiyati, u yerlarda sodir bo‘lgan muhim jarayonlar haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.
ZIYORATCHILARIMIZ MADINAGA YETIB BORDILAR
Viloyatimizdan joriy yilning 18 aprel kuni Umra ziyoratiga ketgan ziyoratchilarimiz bugun 19 aprel kuni Madina shahriga sog‘-salomatlikda yetib bordilar. Ziyoratchilarga guruh rahbarlari viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattarov va Urgut tuman “Imom Hasan” masjidi imom xatibi H.Tojiyevlar hamrohligida mehmonxonalarga joylashdilar. Shundan so‘ng Payg‘ambarimiz alayhissalomning qabrlarini ziyorat qildilar.
Imomning so‘zlari sabab Shohida o‘z joniga qasd qilish fikridan qaytdi
“Inson borki tashvish bor. Tashvishning katta-kichikligi aslida kishining imon va e'tiqodiga qarab bo‘ladi. Bu haqiqatni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hazrati Ali roziyallohu anhuga aytgan gaplarida ko‘rishimiz mumkin: «Kimki, Alloh va Uning Rasuliga muhabbat qo‘yadigan bo‘lsa, endi tayyorgarligini ko‘raversin. Unga shunday muhtojliklar yetadiki, xuddi sel yoqqanida yuzi qanday ho‘l bo‘lib ketsa, shunday kambag‘alliklar yetadi. Kimki, Alloh va Uning Rasuliga muhabbat qo‘yadigan bo‘lsa, tayyorgarligini ko‘raversin. Unga shunday balolar keladiki, o‘sha balolarga u qalqon bo‘lib turib berishiga to‘g‘ri keladi». Lekin imoni zaiflar uchun biror sinov kelsa ham osmonu falakni boshiga ko‘tarib ayyuhannos soladi, dod-faryod qiladi. O‘sha muammodan qutulishni har qanday yo‘lini qiladi. Maboda o‘zi ko‘zlaganidek natijaga erisha olmasa o‘z joniga qasd qiladi. Eng achinarlisi, o‘z joniga qasd qilishni barcha tashvishlardan qutilishning yagona yo‘li deb bilishidadir. Vaholanki, bu uslub yechim emas, balki eng buyuk azob-uqubatning boshlanishidir. Aslida esa barcha muammolarning yechimi quyidagi oyati karimada o‘z ifodasini topgan: Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur.
Sohibqiron tavallud topgan kun
Amir Temur maqbarasi Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etilgan. Maqbara qurilishi buyuk Soxibqiron Amir Temur tomonidan 1404 yilda boshlanib, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan.
Muftiy hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy masjidida juma namozini ado etdi
Bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari juma namozini ado etish uchun Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi “Abduxoliq G‘ijduvoniy” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ushbu tabarruk jomeda muborak kun ibodatini ado etish uchun yuzlab namozxonlar jam bo‘ldilar.
Muftiy hazrat Samarqand viloyati masjidlarida
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamrohligida joylardagi masjidlarning holati, namozxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda imom xatib va namozxonlar bilan uchrashish maqsadida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga 28 mart kuni tashrif buyurdilar. Muftiy hazratlari tashrif chog‘ida tumandagi “Xo‘ja Abdurahmon” jome masjidida bo‘lib, masjidda namozxonlar uchun yaratilgan sharoit, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda masjid kutubxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Shundan so‘ng Kattaqo‘rg‘on tuman va shahar bosh imom xatiblari hamda “Xo‘ja Abdurahmon” jome masjidi imom xatibi bilan suhbatlashdilar. Tumandagi masjidlarning holati, kamchilik yoki muammolari va takliflar bo‘yicha fikr almashdilar. Muftiy hazratlarining hudular bo‘ylab safari davom etmoqda.
Imom Buxoriy majmuasi va Hadis ilmi maktabiga ulamolar tashrif buyurdilar
Bugun, 27 mart kuni Samarqand viloyatida “Mahmud az-Zamaxshariy va uning al-Kashshof asari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar doirasidagi tadbirlar boshlandi. Avval muftiy hazratlari boshchiliklarida taniqli ulamolar, bosh imom-xatiblar, tajribali imom-xatiblar va madrasalar mudirlari Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar.
Tashrif avvalida Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinib, savobi Imom Buxoriy ruhi poklariga baxshida etildi.
Hadis ilmi maktabiga zamonaviy avtobus topshirildi
Bugun, 27 mart kuni Samarqand viloyatidagi Hadis ilmi maktabiga zamonaviy avtobusni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov zamonaviy avtobusni Hadis ilmi maktabiga topshirish chog‘ida davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan ushbu ta’lim dargohini tashkil qilinishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotining bugungi bosqichida muhim ahamiyat kasb etishi, kelgusida ushbu maktabdan hadis olimlari yetishib chiqishiga tilak bildirdi.
Sayyor qabul o‘tkazildi
26 mart kuni Urgut tumanidagi “Urgut iqtisodiyot kolleji” binosida Urgut tuman aholisi bilan Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Savol, mulohaza va takliflarga boy o‘tgan uchrashuvda viloyat mutasaddi idoralar xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Z.Eshonqulov ishtirok etdi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar ziyorat qildilar
Samarqand viloyatida eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan insonlar bilan diniy-ma’rifiy suhbatlar uzviy davom etib kelmoqda. Ularga Islom dinining insonparvar g‘oyalari haqida keng tushunchalar berish bilan bir qatorda ularning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga ham quloq tutib, imkon qadar ko‘mak berishga harakat qilinmoqda. Hafta mobaynida bir necha bor Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is’hoq Valiy” jome masjidi imom xatibi Yo. Mansurov tomonidan shu kabi suhbatlar o‘tkaziladi. 25 mart kuni ana shunday suhbatdan so‘ng eshitish va gapirish qobiliyati cheklan 110 nafar fuqarolarga jome masjid hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filali hamkorlikda Imom Buxoriy majmuasiga sayohat tashkil qildi. Sayohatchilar dastlab muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning qabrlarini ziyorat qilib, u zotning haqlariga tilovat va duo qilindi. Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berildi. Shundan so‘ng, Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat ularning hayotida ilk bor bo‘layotganidan hamda o‘zlariga qaratilgan e’tibordan mamnun bo‘lib, ziyorat ularning xotiralarida o‘chmas ta’surotlar qoldirganligini izhor qildilar.
Ehson qiluvchilar uchun katta mukofot bordir
Muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish ham farz, ham qarz amallardandir. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat filiali rahbari Aziz Sultonov hamda filial tasarrufidagi “Murod Avliyo” masjid ziyoratgohi tomonidan shahardagi Afrosiyob, Yangiravot MFYlarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq ovqat mahsulotlari va pul mablag‘lari ehson qilindi.




















