O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umra ziyoratchilari qaytib kelishdi

 
 

Samarqand viloyatidan Umra ibodatiga jo‘nab ketgan 137 nafar fuqarolar ziyoratdan sog‘ salomat qaytib kelishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Ramazon oyida qilingan umra - haj bilan barobar" deganlar. Mana shunday ulug‘ savob bizning viloyatimzdan borgan ziyoratchilarga ham nasib etdi. Ularni Samarqand viloyat vakilligi binosida vakillik xodimlari, ziyoratchilarning yaqinlari hamda shahar va tuman hokimliklarining mutasaddilari kutib olishdi. Ziyoratchilarning bunday baxtdan mamnun ekanliklari ularning nurli chehralarida o‘z aksini namoyon qilib turgan edi. Eslatib o‘tamiz, nabatdagi ziyoratchilar guruhi 24 may kuni safarga chiqadilar. Ular “Laylatul qadr” kechasini muqaddas Ka’batulloh yonida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar inshaallloh. Ziyoratingiz qabul bo‘lsin, aziz Yurtdoshlar!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 19/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 632
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/umra-ziyoratchilari-qaytib-kelishdi
Chop etilgan vaqti: 16/06/2021 18:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing