Tadbirlar

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi. Bugun, tanlov 4 ta hududa bo‘lib o‘tdi.

Shuning bilan Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

 

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovi 1-bosqichi yakunlandi

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi. Bugun, tanlov 4 ta hududa bo‘lib o‘tadi hamda tashkil etilgan “Yil imomi-2022” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

 

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovi 1-bosqichi boshlandi

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlandi. Tanlov 8 ta hududga bo‘lingan holda ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.

 

MA'RIFIY UCHRASHUV

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 1 iyun kuni Samrqand viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov, DIQ viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Baymurodov, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, DIQ Toyloq tumani bo‘yicha bosh mutaxassis N.Mamarayimov va Tayloq tumani bosh imom-xatibi B.Ismoilov birgalikda Tayloq tumanida bo‘lib tumandagi barcha imom-xatiblar bilan ma'rifiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida vatanimizda bo‘layotgan ezgu islohotlar, xususan, diniy-ma'rifiy sohada qilinayotgan xayrli ishlar, yangilik va xushxabarlar haqida ma'lumot berildi.

 

Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 31 may kuni sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 5 ta masjid imom-xatiblari va noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari shahardagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Ishtixon tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 24 may kuni sayyor uchrashuv va suhbatlar Ishtixon tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 11 ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda 4 nafar iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Ishtixon tumanidagi 11 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Bugun, Zayniddin domla Eshonqulov viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov bilan birgalikda Samarqand temir yo‘l vokzalida “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilarini kutib oldi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar, AQSH Global jalb qilish institutlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSH yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslari, huquqshunoslari va boshqa rasmiy vakillar ishtirokida davom etayotgan forum a'zolari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Bugun, Samarqand shahar "Xo‘ja Is'hoqi Vali" jome masjidida imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Islomjon domla Bobobekov "Sunnatga amal qilish va bidatning zararlari" mavzusida suxbatlashdi.

 

"Qur'on nozil bo‘lgan kecha" nomli tadbirining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi.

Ramazonning eng buyuk fazilatlaridan biri – bu uning Qur'on oyi ekanidadir. Alloh taolo O‘zining so‘nggi kitobi, qiyomatgacha boqiy qoladigan, barchani ojiz qoldirgan mo‘jiza kalomi Qur'oni karimni nozil qilish uchun aynan Ramazon oyini tanlagan.

Shu munosabat bilan Samarqand ahliga Qur'oni karimni xatm qilib berayotgan qorilarga barcha viloyat mo‘min-musulmonlari nomidan minnatdorlik izhor qilindi hamda homiylarning hadyalaridan iborat sovg‘alar qorilarga ulashildi.

 

 DUOIMIZ QABUL BO‘LGAN KUN

 «Menga duo qiling va sizga ijobat qilurman...» deb bandalarini duo qilishga buyurgan va ijobat etishining xushxabarini bergan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin.

Albatta, duo har bir mo‘min-musulmon bandaning qurolidir. Qurol g‘animni yengishda qanchalik muhim bo‘lsa, duo ham mo‘min uchun balolar va musibatlarga qarshi turishida zarurdir.

 

Otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi!

Respublikamizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomtashtirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ning 12-bandini ijrosi yuzasidan bugun, 16 mart kuni Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun bir kunlik o‘quv seminari tashkil qilindi.

 

ALLOHNING BAYTLARIDAN YANA BIRI OBOD ETILDI!

Allohga hamdlar bo‘lsinki, bugungi kunda yurtimizda mo‘min-musulmonlar talabidan kelib chiqib, ko‘plab masjidlar barpo etilmoqda va eski binolar o‘rniga zamonaviy, shaharsozlik talablari asosida yangi binolari qad ko‘tarmoqda.

 

Otinoyilarga guvohnomalar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4436 sonli qarori ijrosi yuzasidan otinoyilarning kasbiy mahoratini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda otinoyilik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun maxsus litsenziya bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda joriy yilning 17-20 iyun' kunlari viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun attestatsiya (imtihon) sinovlari o‘tkazildi.

 

SAMARQANDDA 1000 TADAN ZIYOD XONODON XUSHNUD QILINDI

Ramazon oyini insonlar uchun hisobsiz ajr va foydalarga erishadigan mavsum qilgan Zot Alloh taologa hamdlar, najot va hidoyat elchisi bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi  va sallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing