“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi
Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi bugun, 4 mart kuni o‘z ishini davom ettirdi. Unda Konferensiya ishtirokchilari tomonidan olg‘a surilgan takliflar bo‘yicha shakllantirilgan tavsiyalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov hazratlari Pokistonlik Naqshbandiy tariqatchilari delegatsiyasini qabul qildilar
Joriy yilning 29 fevral 7 mart kunlari Toshkent shahri, Buxoro va Samarqand viloyatlari bo‘ylab ziyorat qilib turgan yigirma besh kishidan iborat Pokiston Islom Respublikasi tariqatchilar delegatsiyasi Samarqandda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 4 mart kuni Delegatsiyaga rahbarlik qilayotgan Naqshbandiya tariqatining yetakchisi Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari bilan o‘zaro muloqot qildilar.
Prezident Shavkat Mirziyoev Shayx Ahmad Tayyibga sovg‘a-salom yo‘lladi
Samarqandda o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yuqori martabali mehmon, dunyoga mashhur “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib ham ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilish marosimida Shayx Ahmad Tayyib janoblariga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvoni berilgan edi.
Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Imom Moturidiy va Imom Buxoriy maqbalarini ziyorat qildi
Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidaga xalqaro konferensiyaning tanaffus vaqtidan foydalangan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamkorligida Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi. Yuqori martabali mehmonga mazkur majmuaning obod qilinishi va kelgusidagi rejalar, Chokardiza qabristoni haqida batafsil ma'lumot berildi.
Misr bosh imomi ziyoratgohdan qaytish chog‘ida mazkur majmua rahbariga “Imom Termiziyga borsangiz misrlik shogirdingiz salom aytdi” deb o‘z salomini yetkazishni so‘radi.
O‘zbeksiton muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari anjumanda nutq so‘zladilar
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman ishi samarali davom etmoqda. Hozir anjuman dasturi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari so‘zga chiqib, Imom Moturidiy merosining bugungi mutaassib oqimlarga qarshi kurashdagi o‘rni, ularga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari hamda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida buyuk allomalarimizning diniy-ma'rifiy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish bo‘yicha mamlukatumizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Muftiy hazratlari o‘z ma'ruzalarini arab tilida bayon qildilar. Anjuman davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati
Shayx Ahmad Tayyibga “Samarqand shahri faxriy fuqarosi” unvoni berildi
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. Xalqaro konferensiyaning yalpi yig‘ilishida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi doktor Rustam Qosimov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda din sohasida amalga oshirilgan islohotlar mavzusida ma'ruza qildi. Shundan so‘ng “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib so‘zga chiqib, ushbu anjumanning ahamiyati, Imom Moturidiy asarlarining islom ta'limotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman bugun, 3 mart kuni soat 9.00da o‘z ishini boshladi.
Dastlab mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari uchun “Forumlar saroyi” binosida fotosessiya tashkil qilindi. Shundan so‘ng anjuman o‘z ishini Qur'oni karim tilovati bilan boshladi. Anjumanning bugungi dasturi bo‘yicha xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan ma'ruzalar qilinishi belgilangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Qozog‘iston va Ukraina muftiylarini qabul qildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasida ushbu anjumanga tashrif buyurgan Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li va Ukraina davlati muftiysi Ahmad Tamim hazratlarini qabul qildi.
Qabul jarayonida Qozog‘iston va Ukraina Respubliklarining muftiylari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu ilmiy anjuman orqali qardosh xalqlarning o‘zaro do‘stlik va birdamlik rishtalari yanada mustahkamlanishini ta'kidlab, ilmiy, uslubiy va birdamlik yo‘llarida hamkorlik munosabatlarini davom ettirishga kelishib olindi.
Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, do‘stlik ramzi sifati qozoq xalqining milliy liboslarini muftiy hazratlariga tuhfa qildi.
Elatib o‘tamiz, bugun “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman yalpi yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi.
Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Samarqandga yetib keldi
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidaga xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘zga ko‘ringan moturidiyshunos ulamolar, nufuzli ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining rahbarlari Samarqand shahriga tashrif buyurmoqdalar. Hozir Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Samarqand xalqaro aeroportida kutib olindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati
Ulamolarda anjumanga qiziqish katta
Ramil ADIGAMOV, Qozon islom universiteti arab tili kafedrasi mudiri:
– 20 yildan buyon aqida ta'limoti bilan shug‘ullanaman. Abu Mansur Moturidiyning “Kitob at-tavhid” asarini rus tiliga tarjima qilib, bu ulug‘ zotning ilmiy qarashlari, merosi bilan yaqindan tanishganman. Shu bois hech ikkilanmay aytishim mumkinki, Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limotini o‘rganishga bag‘ishlangan bunday xalqaro konferensiyaning tashkil etilishi muqaddas islom dini sofligini ta'minlash, uni turli aqida va qarashlardan asrashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois ayni paytda islom olami ulamolarida mazkur anjumanga qiziqish juda katta.
O‘ylaymanki, buyuk mutakallim kamolga yetgan zaminda o‘tkazilayotgan ushbu konferensiya Imom Moturidiy ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganishga, moturidiya ta'limotining buzg‘unchi oqimlarga qarshi kurashishdagi ahamiyatini ochib berishga, bu borada biz olimlarning tajriba almashishimizga xizmat qiladi.
Manba: zarnews.uz
“Butun islom dunyosi bu shaxslarni O‘zbekiston marvaridlari, deb tan oladi”
"Dunyo" axborot agentligi Malayziya Milliy universiteti professori, Islom sivilizatsiyasi instituti asoschisi Mohd Yusuf Hoji USMONning intervyusini e'lon qildi:
Qozog‘iston delegatsiya Samarqandga yetib keldi
Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiy ta'limotiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy -amaliy konferensiyada qatnashish uchun mehmonlar tashrifi boshlandi. Bugun Toshkent shahriga yetib kelgan Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahriga yetib kelishdi.

Muftiy hazratlari va rahbarlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘ldilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi R. Qosimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi A.Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjumanining sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘ldilar. Tashrif jarayonida dastlab Imom Buxoriy hazratlarining qabrlari ziyorat qilinib, tilovat va duolar qilindi.
Xalqaro anjumanga mehmonlar tashrifi boshlandi
Xabaringiz bor, buyuk mutafakkir, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misrning al-Ahzar majmuasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
“Jo‘sh ota” masjidi ta'mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi
Uzoq Qo‘shrabot tumanining “Jo‘sh” qishlog‘i 2019 yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan edi. Dastur asosida ko‘plab qishloqlar obod bo‘ldi. Yo‘llarga asfalt yotqizildi. Bog‘cha, maktab, qishloq vrachlik punktlari, shifoxonalar, savdo shahbchalari, dam olish maskanlari, mahalla maskanlari qurildi. Shuningdek, qishloqdagi muqaddas qadamjo – XII asrga oid Jo‘sh ota masjidi va ziyoratgohida ham obodonlashtirish, qurilish ishlari olib borildi. O‘tgan bir yil mobaynida masjid va maqbara binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Majmua atrofida tahoratxona, ziyoratchilar dam olish maskani va boshqa maishiy xonalar bunyod etildi, atrof bog‘ga aylantirildi. Ushbu xayrli ishga viloyat, tuman hokimliklari keng ko‘lamda yordam ko‘rsatdilar. O‘zlarining xayr-saxvati bilan ko‘mak bergan homiylar va doimiy hasharda ishtirok etgan aholi vakillari ham bu savobli ishdan chetda qolmadilar.




















