Axborot xizmati

Mehr-muruvvat dinimiz ardoqlagan amal

Muqaddas Islom dinimizda jamiyatning har bir a'zosiga alohida e'tibor bilan munosabatda bo‘linadi. Zero, xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, har bir inson hurmat-ehtiromga loyiqdir. Ma'lumki, har qanday jamiyatda turli tabaqa vakillari mavjud. Ular ichida o‘zgalar tomonidan e'tibor, mehr-muruvvatga muhtoj toifalar bo‘lib, ularning haqlari haqdorlarning zimmasida bo‘ladi. Urgut tumanida joylashgan muruvvat uyida istiqomat qilayotgan shaxslarning holidan xabar olish, ularga ehsonlar ulashish Urgut tuman imom-xatiblariinng doimiy odatlaridandir. Tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev ham muruvvat uyiga homiylarni jalb qilgan holda 2500000 so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatib, ularning ko‘ngillariga surur baxsh etdi. Alloh taolo muhtojlarga yordam ko‘rsatganlarga O‘zi madadkor bo‘ladi, inshaalloh!

 

BUYUK FAQIH

Imom Majduddin al-Ustrushaniy tavalludining 840 yilligiga

O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti. Imom Buxoriy, al-Xorazmiy, at-Termiziy, al-Beruniy, Ibn Sino, Marg‘inoniy, Moturidiy, Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Zangiota, Nasafiy, Qaffol Shoshiy singari ulug‘ siymolarimizni bugun dunyo taniydi, tan oladi. Ularning bebaho asarlari jahonning yirik universitetlari darsliklariga kiritilgan. Ilmiy-ma'naviy merosiga qiziqish yildan-yilga oshib bormoqda. 

 

Urgut tumanida imom-xatiblarning sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi navbatdagi yig‘ilishni sayyor tarzida Urgut tumanida o‘tkazishini rejalashtirgan edi. Ushbu sayyor yig‘ilishga viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari, Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan 61 ta masjid imom-xatib va imom noiblari jalb etildi.

 

Urgut tumanida sayyor yig‘ilish o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi navbatdagi yig‘ilishini sayyor tarzida bugun, 25 fevral kuni Urgut tumanida o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu sayyor yig‘ilishga viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari, tajribali, notiq imom-xatiblar jalb etildi.

Dastlab imom-xatiblar guruhlarga bo‘lingan holda Urgut tumanida joylashgan masjidlarga tarqaldilar. Ko‘zlangan maqsad, masjid faoliyati bilan tanishish, ta'lim maskanlari, mahalla va korxonalarda bo‘lib, aholi bilan uchrashish, joylardagi qabriston, bozorlar faoliyati bilan tanishish edi. Hozirgi daqiqagacha ko‘zda tutilgan barcha ishlar amalga oshirildi. Kuzatuvchi tarzida tashrif buyurgan imom-xatiblar joylardagi masjidlarda peshin namozini ado etib, jamoat bilan hozirgi islohotlar, shukronalik fazilati kabi mavzularda suhbatlar uyushtirdi.

 

Umraning fazilatlari bisyor

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollalohu alayhi va sallam aytdilar: — “Kim mana bu Baytulloh – Ka'batullohni yetti bor sanab tavof qilsa va (tavofdan keyin) ikki raka'at namoz o‘qisa, bir qulni ozod qilgandek (savobga erishgan) bo‘ladi. Uning har bir bosgan va ko‘targan qadami sababli Olloh undan bir gunohni kechirib, u sababli unga bir yaxshilik – savob yozadi”. (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Hokim rivoyatlari).

         Darhaqiqat, Umrada savob ko‘p. Uni ado etishda sunnatda belgilangan odob va tartibiga rioya qilinsa hadisi shariflarda bashorati berilgan savoblarga kishi doxil bo‘ladi. Hozirgi kecha-kunduzda Samarqand viloyatidan borgan 244 nafar ziyoratchilarimiz Makka shahrida bo‘lib, ziyorat va ibodatlarini ado etmoqda. Ularga besh nafar tajribali, salohiyatli imom-xatiblarimiz rahbar sifatida ibodatlarini mukammal bo‘lishi, muammo va qiyinchiliklarga duch kelmasliklari uchun sa'y harakat qilmoqda. O‘zlarining ma'ruza va ko‘rsatmalari bilan ziyoratchilarga Umra ibodatining shartlari, odob va tartiblari, muqaddas maskanlarning tarixi kabi mavzularda tushunchalar berib bormoqda.

 

Qo‘shrabot tuman “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi obodonlashtiriladi

Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi va Domla Kamoliddin hazratlarining maqbarasini ta'mirlash, atrof hududni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va mutaxassis hamda mas'ullar 23 fevral kuni mazkur maskanda bo‘ldilar. Mehmonlar dastlab  Kamoliddin Oxun hazratlarining qabrlarini ziyorat qilib, Qur'oni karim tilovati va duolar qilindi. Shundan so‘ng mahalliy aholi vakillari, nuroniy otaxon va namozxonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu maskanni obod etish uchun tayyorlangan loyiha bilan tanishuv bo‘lib, mutasaddilarga bu borada viloyat hokimi tomonidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Doimo ogoh va hushyor bo‘laylik

Mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta'sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi ma'rifiy uchrashuv va tadbirlar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.

 

Chekka hudularga tashrif

O‘MI  Samarqand viloyati vakilligi rejasiiga binoan notiq, tajribali imom-xatiblar viloyatimizning chekka hududlaridagi jome masjidlarga borib Juma nomozini ado etish va nomozxonlar bilan suhbat o‘tkazish belgilangan.

 

Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid

Joriy yilning 20-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 17-fevraldagi 87-06-133-sonli xatida belgilan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi qator mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi T.Amirov ishtirok etdi.

 

Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov bugun, 20 fevral kuni Jomboy tuman “Eski Jomboy” mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi. Shundan so‘ng ushbu ishga bosh-qosh bo‘layotgan mutasaddilar, tarbiyachi va xodimlar bilan suhbatlashib, bola tarbiyasidagi mas'uliyat haqida so‘z yuritdi hamda farzandlarimizning salohiyatli, ilm va diyonatli, kelajkada xalqi va diniga manfaatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishlarini tilab duoi xayrlar qildi.  

 

Allohga eng sevimli inson, odamlarga ko‘p manfaati tegadigan kishidir

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min misoli maysaga o‘xshaydi. Uni shamol doimo u yoq-bu yoqqa egib turadi. Mo‘minga doimo balo yetib turadi. Kofir misoli Arz daraxtiga o‘xshaydi. Qimirlamay turib, birdan tomiridan qo‘poriladi”, dedilar”. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

 

Yurtimiz bo‘ylab tahoratxona va namozxonalar quriladi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi partaliga “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.

 

Haj va umra uchun yangi aviakompaniya ochiladi

Bugun Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida qatnashayotgan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma'lum qilishicha, tez orada O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining “Hidaya Groups” kompaniyasi hamkorligida Hidaya Airlines nomli yangi aviakompaniya ochiladi.

Bu aviakompaniya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida umra safari uchun bevosita parvozlarni hamda “Umrah+“ dasturi bo‘yicha Indoneziya, Malayziya kabi davlatlardan umra safariga boruvchilarning O‘zbekiston orqali parvoz qilishlarini tashkillashtiradi.

Manba: Azon.uz

 

Samarqand tuman bosh imom-xatibi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi

Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir", deganlar. Nima uchun? Chunki iymon keltirish uchun ham ilm kerak. Musulmon bo‘lish uchun ham ilm kerak. Niyat qilish uchun ham ilm kerak. Ixlos qilish uchun ham ilm kerak. Ibodat qilish uchun ham ilm kerak. Allohning roziligini topish uchun ham albatta, ilm kerak. Qolaversa, do‘zaxdan qutulib, jannati bo‘lish uchun ham ilm kerak. Xuddi oila qurish uchun ham ilm kerak bo‘lgani kabi bu dunyo saodatini topish uchun ham ilm kerak, oxirat saodatini topish uchun ham ilm kerak.

Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov Samarqand shahar 9-umumta'lim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ana shu kabi ilmning fazilatlari va ahamiyati mavzusida gapirib o‘tdi. O‘quvchilarga Islom dinining ilmga bo‘lgan munosabati, diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi, mamlakatbmizda yoshlarning ilm egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, xususan diniy ta'lim tizbmi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.   

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 

Baxt qo‘rg‘oni mustahkam bo‘lsin

Islom dini ta'limoti oilaga va uni ikki dunyoda saodatli bo‘lishiga alohida e'tibor qaratdi. Alloh taolo oila farog‘ati va farovonligi, tinchligi va mustahkam bo‘lishi, unda tavallud topgan farzandlar barkamol bo‘lishi yo‘lida zarur bo‘lgan barcha tavsiyalarni bayon qilgan. Odatda oilalarda ajrim holati kuzatilganda er xotiniga “Taloq” so‘zini aytadi. Vaholanki,  “Taloq” so‘zi aytilganda Alloh taoloning Arshi larzaga keladi.  Taloq Allohning yomon ko‘rgan halollaridan bo‘lib, u oxirgi chora sifatida joriy qilingandir. Payg‘ambar alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Halol narsalar ichida Alloh uchun eng yomoni taloqdir” (Abu Dovud, ibn Moja, Hokimlar rivoyati).

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing