Qo‘shrabot tuman “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi obodonlashtiriladi
Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi va Domla Kamoliddin hazratlarining maqbarasini ta'mirlash, atrof hududni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va mutaxassis hamda mas'ullar 23 fevral kuni mazkur maskanda bo‘ldilar. Mehmonlar dastlab Kamoliddin Oxun hazratlarining qabrlarini ziyorat qilib, Qur'oni karim tilovati va duolar qilindi. Shundan so‘ng mahalliy aholi vakillari, nuroniy otaxon va namozxonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu maskanni obod etish uchun tayyorlangan loyiha bilan tanishuv bo‘lib, mutasaddilarga bu borada viloyat hokimi tomonidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda uzoq yillar e'tiborsiz, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan masjid va ziyoratgohlar bugungi kunda tom ma'noda qayta hayotga qaytarilmoqda deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Inshaalloh, Qo‘shrabot tumanidagi “Domla Kamoliddin Oxun” masjidida ham ta'mirlash, obonlashtirish ishlari olib borilib, yangi masjid binosi bunyod etiladi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati
Kiritilgan vaqti: 24/02/2020 14:21; Ko‘rilganligi: 1421
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 19:53