O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Urgut tumanida sayyor yig‘ilish o‘tkazilmoqda

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi navbatdagi yig‘ilishini sayyor tarzida bugun, 25 fevral kuni Urgut tumanida o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu sayyor yig‘ilishga viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari, tajribali, notiq imom-xatiblar jalb etildi.

Dastlab imom-xatiblar guruhlarga bo‘lingan holda Urgut tumanida joylashgan masjidlarga tarqaldilar. Ko‘zlangan maqsad, masjid faoliyati bilan tanishish, ta'lim maskanlari, mahalla va korxonalarda bo‘lib, aholi bilan uchrashish, joylardagi qabriston, bozorlar faoliyati bilan tanishish edi. Hozirgi daqiqagacha ko‘zda tutilgan barcha ishlar amalga oshirildi. Kuzatuvchi tarzida tashrif buyurgan imom-xatiblar joylardagi masjidlarda peshin namozini ado etib, jamoat bilan hozirgi islohotlar, shukronalik fazilati kabi mavzularda suhbatlar uyushtirdi.

Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan otinoyilar bilan uchrashdi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbir ishtirokchilari yig‘ilib, masjidlar faoliyatini o‘rganish xulosalari, bajarilgan ishlar va oldinda turgan vazifalar muhokamasi uchun yakuniy yig‘ilish o‘tkazadilar.

O‘MI Samarqand viloyati axborot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/02/2020 13:37;   Ko‘rilganligi: 1062
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/urgut-tumanida-sayyor-yigilish-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing