Madrasalarga kirish imtihonlari natijalari qachon e'lon qilinishiga aniqlik kiritildi
Xabaringiz bor, shu yilning 16-17 sentyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan test sinovlarida ishtirok etdilar.
Muhammad Yusuf Boybo‘ta o‘g‘li
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
“Ziyorat” ruknidagi turkum suhbatlarini navbatdagi sonida ustozimiz, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining padari buzrukvorlari Muhammad Yusuf Boybo‘ta o‘g‘lining ibratli hayot yo‘llari bilan tanishib chiqamiz.
Ustozga yo‘llangan eng so‘nggi maktub
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘ysak, ichimizdan go‘yo eshik qoqqandek to‘xtovsiz «duk-duk», «duk-duk», deya sado berayotgan ovoz o‘ylab ko‘rsak, bekorga dukkillamas ekan…
Safar oyi haqida islomiy haqiqatni yetkazaylik!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Safar oyi hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yilning ikkinchi oyidir.
Sabr va shukrning fazilati
Robbul amiyn, Robb subhanahu va taologa cheksiz hamdu sanolarimiz bo‘lsinkim, mana, 24 haftadan beri, olti oydan beri ushbu dard – vabo tufayli juma namozini o‘qiy olmayotgan edik. Alhamdulillah, yo‘llarimiz ochilib, masjidlarimiz ochilib, bugun sizlar bilan Allohning uyida sog‘-salomat diydor ko‘rishib turibmiz. Buning uchun har qancha shukr aytsak, har qancha hamd aytsak, shuncha oz. Qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz, dindoshlarimiz, yaxshi insonlar, qadrdon do‘stlar, ahli ilmlar, erkagu ayollar bu balo, bu vabo tufayli vafot etib ketishdi. Alloh hammalarini rahmat qilsin! Hozirda bemor bo‘lib turganlarga Parvardigorimiz, Robbul izzaning O‘zi shifoi komil, shifoi ojil bersin, barchamizni hifzu himoyasida asrasin!
Islomning muhim fazilatlari nimalar?
Islomning eng muhim jihati e'tiqoddir. Qusurlar, gunohlar afv etilishi mumkin. Allohning avf etish xislati bor. U kechirimlidir. Uning mag‘firati bor, rahmati bor, gunohlar tavba ila yuvilishi mumkin. Muhim bo‘lgani e'tiqoddir. Bu ilmiy tamaldir, haqiqatni to‘g‘ri anglashdir. Bu haqiqat to‘g‘ri anglashilganda Alloh o‘tgan nuqsonlarni mag‘firat qiladi.
إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء
«Albatta Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechirur» (Niso, 48).
Islom Avstraliyaga qanday kirib keldi?
Avstraliyaning mahalliy xalqlari va Torres bo‘g‘ozi aholisi xristian kolonizatorlari kelishidan ancha oldin musulmonlar bilan muntazam aloqada bo‘lgan. Bugungi kunda ham Islom ba'zi aborigenlarning qalbida aks-sado bermoqda.
Yangi masjidda ilk Juma namozi ado etildi
Bugun, 18 sentyabr kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov juma namozini ado etish uchun Samarqand shahrida joylashgan, kuni kecha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan “Yangiobod” jome masjidiga tashrif buyurdilar. Ushbu yangidan ochilgan ko‘rkam jome'da muborak kun ibodatini ado etish uchun belgilangan karantin qoidalariga rioya qilgan holda viloyatimizning turli hududlaridan 500 ga yaqin namozxonlar jam bo‘ldilar. Jumladan, Urgut tumani bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev, faxriy imom, ustozimiz Mahmudjon domla Ibodullayev hamda VAQF xayriya jamoat fondi Samarqand filiali rahbari A.Sultonovlar ham ushbu yangi masjidda ilk Juma namozini ado etish uchun tashrif buyurdilar.
SAMARQANDDA MASJIDLAR SONI BITTAGA KO‘PAYDI!
O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Samarqand viloyatida shu kunga qadar 285 ta jome masjid o‘z faoliyatini olib bormoqda edi. Endilikda Samarqand shahrida “Yangiobod” jome masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Samarqandda masjidlar soni 286 taga yetdi.
O‘n bir asrga teng ziyoratgoh yangilanmoqda, undagi masjid esa 7000 namozxonni o‘z bag‘riga sig‘diradi
Samarqand shahridagi ko‘plab muqaddas qadamjolar orasida “Xo‘ja Abdu Darun” majmuasi alohida o‘rin tutadi. Tahminan VIII– IX asrlarda yashab o‘tgan, mutasavvuf olim, adolatli qozi, diniy va dunyoviy ilmlar egasi bo‘lgan Xo‘ja Abdu Darun hazratlarining hoki poylari yotgan ushbu dargoh XII asrdan beri saqlanib keladi.
ONLAYN HADIS SHARHI BOSHLANDI, SOVG‘A EGASINI KUTMOQDA!
Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent Islom instituti ustozi Jaloliddin domla Hamroqulovning onlayn hadis sharhi suhbatlari boshlandi.
Yuksak qalb sohibi edi
O‘lim haq, ammo, yoningizda ko‘p yillar davomida birga xizmat qilib, umrguzaronlik qilib yurgan inson olamdan o‘tsa , juda achchiq va qayg‘uli bo‘lar ekan. Elimiz, yurtimiz zabardast va fidoiy bir farzandidan ayrildi. Uzoq yillar el-yurt xizmatida bo‘lgan, o‘zining ilmiy salohiyati bilan barchalarimizga ziyo taratib, diniy soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan muhtaram domlamiz Xayrullo hoji Turmatovni beshafqat o‘lim oramizdan olib ketdi.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, fidoiy inson Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etadi.
KO‘KRAK NISHONI MUBORAK BO‘LSIN!
Qadimdan xalqimiz ilmni va uning sohibini qadrlab kelgan. Ilm ahlini e'zozlagan. Sohibqiron Amir Temur hazratlarining hayotini, tarixini o‘qigan har-bir kishi yaxshi biladiki, Sohibqiron bobomiz o‘z zamonasidagi ahli ilmlarni, ulamo va dindorlarni qattiq hurmat qilgan. Ularga alohida lutf ko‘rsatib, xizmatlarini munosib taqdirlagan. Amir Temur bobomizning shavkati, g‘alabalarining bir sababi ham aynan, din ulamolarining duolari barakotidan desak mubolag‘a bo‘lmas.




















