Axborot xizmati

Masjidlar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida

13 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida shahar va tuman bosh mutavallilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Ziyoratchilarimiz Madina shahrida

12 noyabr, dushanba. Saudiya Arabistoni tomonga otlangan samarqandlik ziyoratchilarimiz manzilga sog‘-salomat yetib bordilar.

 

Imom xatiblar g‘ayrat ko‘rsatishdi

12 noyabr kuni Urgut tumani birlik mahallasi qabristonida katta hashar tashkil etildi.

Hasharda tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev boshchiligida tumandagi masjid imom xatiblari ishtirok etdilar.

 

Naqshband turizm festivali Samarqand bosqichi nihoyalandi

11-12 noyabr kunlari Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan “Naqshband turizm festivali – 2018” qatnashchilari Samarqand viloyatida ziyoratda bo‘ldilar.

 

Samarqandliklar uchun Umra mavsumi boshlandi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Samarqand viloyatidan “Umra-2018-2019” mavsumining dastlabki ziyoratchilari viloyatdan poytaxtga qarab jo‘nab ketdilar.

 

Naqshband turizm festivali ishtirokchilari Samarqandda

11 noyabr kuni Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan “Naqshband turizm festivali – 2018” qatnashchilari Buxoroi sharifdagi sayohatlarini yakunlab, Samarqandga yetib keldilar. Mehmonlar viloyat hokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi mutasaddi xodimlari, ''O‘zbekturizm'' Samarqand mintaqaviy bo‘limi xodimlari tomonidan munosib kutib olindi.

 

Imom Buxoriy majmuasiga o‘ziga xos mehmonlar tashrif buyurdi

9 noyabr kuni 13 ta davlatdan kelgan 42 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolardan iborat xorijiy mehmonlar Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar.

 

Kattaqo‘rg‘on tumaniga 12 nafar iqtidorli imom safarbar etildi

9 noyabr, 2018 yil. Haftaning muborak juma kuni. Ushbu muborak kunda viloyatimizda ko‘zga ko‘ringan, ko‘p yillardan beri islom dini xizmatida kamarbasta bo‘lib kelayotgan 12 nafar tajribali imom xatiblarimiz chekka tumanlardan biri – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi masjidlarga juma namozini ado etib berish uchun tashrif buyurdilar. Viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov, Bulung‘ur tumani bosh imom xatibi T.Ravshanov, Pastdarg‘om tumani bosh imom xatibi O.Nazarov shular jumlasidan.

 

Oliy ta’lim muasasalaridagi uchrashuvlar nihoyalandi

9 noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo‘lib o‘tgan tadbir oliy ta’lim muassasalarida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida diniy ulamolar bilan tashkil etilgan uchrashuvlarga nihoya yasab berdi. 7 va 8 noyabr kunlari Samarqand tibbiyot instituti va Samarqand veterinariya institutida ham mazkur uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi.

 

Otinoyilar bilan ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda

9 noyabr kuni viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida Urgut tumani otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi

O‘zbekistonda BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan Tadbirlar dasturi tasdiqlanishi bilan bir qatorda uni amalga oshirish bo‘yicha Komissiya tashkil etilgan, deb yozadi O‘zA.

 

SAMARQAND ZAMONAVIY ISSIQLIK XIZMATLARI VA ISSIQ SUV TIZIMLARI BILAN TA’MINLANADI

Energosamaradorlikni oshirish va markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti modernizatsiyasi" loyihasi sharofati bilan O‘zbekistonning besh shahrida yashovchi 240 mingdan ziyod kishi issiqlik xizmatlari va issiq suv ta’minoti bo‘yicha sifatli xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

 

"Muruvvat karvoni" Buxoro va Navoiyga yo‘l oldi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan “Muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri 10-11 noyabr, shanba va yakshanba kunlari Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tadi. Bugun yuk avtomashinasida oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, diniy-ma’rifiy kitoblar va boshqa zaruriy buyumlar ushbu viloyatlar tomon yo‘lga tushdi.

 

YOSH TADBIRKOR BILAN UCHRASHUV

Oqdaryo tumani Dahbed mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan yosh tadbirkor Ulug‘ov Abubakir bilan yaqindan suhbat qurish maqsadida viloyat bosh imom xatibi Z.Eshonqulov uning xonadonida tashkil etgan tikuvchilik sexiga bordi.

 

IMOM XATIBLARIMIZ XONADANLARDA

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati vakilligi tomonidan haftaning chorshanba kunini imomlarning joylardagi aholi xonodonlaridan xabar olish kuni deb belgilanganini aytib o‘tgan edik.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing